Jahonda korrupsiya darajasini o’rganuvchi tashkilotga ko’ra, Somali, Afg’oniston, Birma va Iroq bu illat eng chuqur ildiz otgan mamlakatlardir.
Berlinda asoslangan "Transparency International" tuzgan maxsus jadvaldan 178 mamlakat joy olgan. Singapur, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Shvetsiya, Daniya, Gollandiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Norvegiya va Kanada korrupsiya eng kam tarqalgan jamiyatlar deb topilgan.
"Transparency International" korrupsiya ko'lamini turli omillarga qarab belgilaydi, jumladan mutaxassis xulosalari, o’sha mamlakatlarda biznes qiluvchi tadbirkorlar va ommaviy so'rovlar.
Amerika 22-o'rinda va Chilidek rivojlanayotgan mamlakatdan ham orqada. Rossiya o'tgan yili 146-o'rinda edi, bu yili 154 ga tushgan.