Prezident Donald Tramp Milliy razvedka idorasi rahbari etib tanlagan nomzod nazarida Rossiya bugun asosiy tahdiddir. Moskva noyabrgi prezident saylovlariga aralashishga uringani - fakt, deydi u.
"Rossiya har xil davlatlarda saylovlarga burun suqishni odat qilgan. Uzoq yillik an'ana bu. Yevropada hozir shuning shohidi bo'lib turibmiz. Ammo oxirgi paytlarda ruslar yanada faol harakat qila boshlagan va kiber-texnologiyani keng qo'llayapti. Buni tan olib, izchil tergov qilishimiz lozim", - deydi Den Koats.
Indiana shtatidan sobiq senator Kremlning xatti-harakatlari to'laqonli tergov qilinishi uchun qo'ldan kelganini qilmoqchi. U Senat razvedka qo'mitasida so'zladi.
Uning so'zlari Tramp bayonotlariga ziddir. Prezident ham saylov paytida, ham keyin razvedkaning xulosasini rad etib keldi.
Koats, shuningdek, radikal islomiy terrorizmni Qo'shma Shtatlarga tahdid deya ta'riflaydi.
Your browser doesn’t support HTML5