Eron rahbari Hasan Ruhoniy Anqarada Turkiya rasmiylari bilan ikki tomonlama savdo-sotiq hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qilmoqda.
Turkiya prezidenti Abdulla Gul tashrifni tarixiy ahamiyatga ega voqea deb atab, Ruhoniy bilan davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishga kelishib olganini bildirdi. Hamkorlik turli sohalarni qamrab oladi, der ekan Turkiya rahbari Ruhoniy bilan “umumiy xohish va iroda”ga ega ekanini ham ma’lum qildi.
O'tgan 18 yil ichida Eron prezidenti Turkiyaga rasman biror marta tashrif buyurmagan.
Prezident Gul madaniy va iqtisodiy sohalarda kelishuvga erishilganini ham aytdi. Ruhoniy fikricha Turkiyani mintaqadagi eng muhim davlatlardan biri va u bilan aloqa ustuvor ahamiyatga ega.
Suriya va Iroq ham muhokamada. Turkiya-Eron aloqalari Suriya masalasi tufayli ancha tarang, chunki ikki davlat mojaroda qarama-qarshi taraflarni qo’llab keladi. Bundan tashqari Anqaraning Iroq bosh vaziri va Tehron hamkori Nuri Al-Malikiy bilan munosabatlari sovugan.
Ammo Eronda hokimiyatga Ruhoniy kelgach, Turkiya bilan aloqalar ancha iliqlashdi, deydi Bryusseldagi Karnegi tadqiqotlar instituti tahlilchisi Sinan Ulgen.
"Bayonotlarda keskin o’zgarish bor. O’tgan yilgi saylovlardan beri Eron boshqa davlatlar bilan munosabatlarini yaxshilashga harakat qilib keladi. Bayonotlar o’zgardi, munosabatlar ham o’zgaradi, degan umid bor. Shuningdek, Turkiya Suriyaga nisbatan boshqacharoq siyosat olib bormoqda”, - deydi tahlilchi.
Kuzativchilar fikricha, Anqaraning “al-Nusra” tashkilotiga terrorchi maqomini berishi Tehron bilan aloqalarni yaxshilaydi. Anqara mintaqada sunniylarni qo’llab kelayotgani haqidagi iddaolar Eronning shia rejimi noroziligiga sabab bo’lgan edi.
Turkiyaning sobiq elchisi va “Tasam” tadqiqotlar markazi rahbari Murot Bilhan fikricha, Anqara o’zining ancha ajralib qolayotganini yaxshi tushunadi.
"Turkiya qiyin ahvolga tushib qolgan. Hatto Turkiya-Eron aloqalarini ijobiy deb bo’lmaydi, ular raqiblardir. Suriya masalasida esa qarama-qarshi fikrga ega. Shuningdek, Turkiyaning Iroq va boshqa mamlakatlar bilan aloqalari ham yaxshi emas”, – deydi Bilhan.
Tahlilchi Ulgen esa ikki davlat o’rtasidagi diplomatik muhit iliqlashayotganiga qaramay tashrif davomida jiddiy siljish bo’lishi amri mahol, deydi.
Ammo mutaxassislar fikricha, prezident Ruhoniy safari natijasida savdo-sotiq yaxshilanishi kutilmoqda, xususan, 2015-yilga borib ikki tomonlama savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazish maqsadiga erishish mumkin. Bunday maqsadni Turkiya bosh vaziri Rajap Toyib Erdog’an yanvar oyida Tehronga borganida bildirgan edi. Eron Turkiyaning gaz bo'yicha asosiy hamkori.
Ammo eksport-importga to’g’anoq bo’layotgan masala – gaz narxi. Bugungi muzokaralarda Turkiya Eronni gaz narxini tushirishga ko'ndira olmagan. Muzokara davom etadi, deydi rasmiylar.