Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshtonning aytishicha, Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich Yevropa bilan savdo va hamkorlik bitimini imzolash niyatida.
Yanukovich o’tgan oy hujjatga qo’l qo’yishdan bosh tortib, mamlakatda keng ko’lamli namoyishlarga turtki bergan edi.
Kiyevdan qaytgan Eshton bu haqda bugun Bryusselda, jurnalistlar bilan uchrashuv paytida gapirdi.
Uning aytishicha, kelishuv ortidan mamlakatga sarmoya oqimi ortadi va Ukraina oldida turgan qisqa muddatli iqtisodiy muammolar yengillashadi.
Bu orada, Ukrainada hukumatga qarshi g’alayonlar davom etib, namoyishchilar Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvni talab qilayapti.
Yanukovich kecha kechqurun diniy, fuqaroviy va muxolifat yetakchilari bilan muzokara o’tkazishni taklif qilgan. U Kiyevda to’plangan odamlarni zo’ravonlikdan tiyilishga chaqirmoqda.
Muxolifat esa prezidentning taklifini rad etib, siyosiy mahbuslarni ozod qiling, hukumat va prezident ishdan ketsin, degan talablar qo’ygan.
Amerika Mudofaa vaziri Chak Xeygl kecha Ukraina Mudofaa vaziri Pavlo Lebedev bilan gaplashib, tinch aholiga qarshi kuch ishlatmaslikka undadi. Lebedevning so’zlariga ko’ra, hukumat Kiyevga qo’shin safarbar etmoqchi emas.