Ukrainada Putin haqida tanqidiy qo'shiq kuylagan Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Deshitsa o’z vazifasidan ozod qilindi. Rada prezident tavsiyasiga ko`ra Ukraina Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Pavel Klimkin nomini tasdiqlagan. Bundan oldin Prezident Petro Poroshenko mamlakat sharqidagi jangovor amaliyotlarni bir tomonlama to`xtatgan edi.
Rada deputatlari futbol ishqibozlarining Putin haqidagi mashhur qo`shig`ini kuylash bilan Moskvada keskin e`tiroz uyg`otgan Andrey Deshitsani olqishlar bilan kuzatishdi.
Uning o`rniga Ukraina Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tavsiya qilingan Pavel Klimkin nomzodi ko’pchilik ovozi bilan tasdiqlandi.
Poroshenko tavsiyasiga ko`ra Ukraina Bosh prokurori va Milliy Bank rahbarligiga ko`rsatilgan nomzodlar ham Rada tasdig`idan o`tdi.
Ukraina Radasi muttasil davom etayotgan norozilik aksiyalari qurshovida o`z ishini davom ettirmoqda.
Rada oldida norozilik namoyishi o’tkazayotgan aholining talablari turlicha. Talablarning asosiy qismini siyosiy islohotlar, muddatidan oldin parlament saylovlarini o`tkazish, mamlakat sharqida davom etayotgan amaliyotlar yuzasidan keskin choralar ko`rish tashkil etadi.
Petro Poroshenkoning mamlakat sharqida borayotgan harbiy amaliyotlarni bir tomonlama to`xtatish va ayirmachi jangarilar uchun yo’lak yaratish rejasi turli munozaralarga sabab bo’ldi. Prezidentning tinchlik plani hali jamoatchilikka to`liq ochiqlanmagan, ammo dastlabki qadam qurolli amaliyotning Ukraina tomonidan bir tomonlama to`xtatilishi bo`lishi kutilmoqda.
Tashqi ishlar vazirining almashishi ham Kiyevning Moskva bilan muzokaralarga jiddiy hozirlik ko’rayotganidan darak sifatida ko`riladi.
Sobiq vazir Deshitsa namoyishchilar Kiyevdagi Rossiya elchixonasiga hujum qilgan paytda Putin haqida tanqidiy qo`shiq kuylab diplomatik ziddiyatlar markazida qoldi. Moskva Deshitsa bilan ortiq muloqot olib borilmasligini ma`lum qildi. Bu mojarodan so`ng u ishdan olinib, o’rniga Poroshenko tomonidan ko`rsatilgan Pavel Klimkin nomzodi tasdiqlandi.
Siyosatshunoslar Tashqi ishlar vaziri lavozimiga kelgan yangi nomzod haqida ehtiyotkor munosabatda.
“Bu nomzod haqida turli qarashlar bor, ayrimlar uni siyosiy avlodning yangi vakili sifatida ko`radi. Albatta, u diplomat sifatida yaxshi taassurotlar qoldirgan, ammo bu uning siyosiy pozitsiyasi qanchalik shakllanganidan darak bermaydi. Unga esa o`ta muhim bir lavozim berilmoqda. Hali ko`ramiz, u bu lavozimga qanchalik munosib, siyosiy muzokaralar yuritishdagi tajribasi qanaqa. Muzokaralar esa o`ta og`ir bo`ladi”, - deydi ukrain eksperti Igor Gavrilov.
Gavrilovga ko`ra, sharqdagi harbiy amliyotlarni bir tomonlama to`xtatish rejasi faqat Poroshenkoga bo`gliq emas, chunki ularda nafaqat armiya, balki mamlakat bo`ylab yig`ilgan xalq drujinalari ham qatnashmoqda.
“Men hukumat sharqdagi vaziyatni to’liq nazorat qilayapti, degan tushunchadan uzoqman. Chunki amaliyotdagilar faqat klassik ma`nodagi davlat armiyasidan iborat emas, ular orasida ko`ngilli jang qilayotganlar ko`pchilik. Qolaversa, bunga qarshi tomon qanday javob beradi, ularning qanday yo`l tutishini aytish juda qiyin ”, - deydi Gavrilov.
O`z mustaqilligini e`lon qilgan Ukraina sharqidagi ayrim viloyatlar va hukumat o`rtasidagi to`qnashuvlar bir necha oydiki davom etmoqda. Ayirmachilar Rossiyadan o`tayotgan jangarilar va qurol-yarog` hisobiga kuchayib borayotgani ta`kidlanadi. Vaziyat yuzasidan Rossiya bilan muzokaralar o`tkazish hozircha natijasiz tugab kelmoqda. So`nggi xabarlarga ko`ra, Rossiya yana Ukraina chegarasidagi qo`shinlari sonini ko`paytira boshlagan.
Your browser doesn’t support HTML5