Netanyaxu jahonni Eronga qarshi qattiqroq turishga undadi

  • Amerika Ovozi

Qo’liga chizma ko’tarib olgan Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasida so’zlar ekan, bot-bot gulduros qarsaklar yangradi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu jahon ahlini Eron yadro dasturiga qarshi qat’iy turishga chaqirmoqda. Dunyoni yadroviy urushdan qutqarib qolishning yagona yo’li shu, deydi u.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish



Qo’liga chizma ko’tarib olgan Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasida so’zlar ekan, bot-bot gulduros qarsaklar yangradi.

“Eron yetarlicha boyitilgan uran to’plashini kutib o’tirmaylik. Ommaviy qirg’in qurolini qo’lga kiritmasidan oldin chora ko’raylik”, - dedi Isroil bosh vaziri.

Netanyaxuning aytishicha, uranni boyitish inshootlari hozirgiday ishlashda davom etsa, Eron kelasi yozgacha o’zi ko’zlagan marraga yetadi.

“Bu inshootlarni aniq nishonga olishimiz mumkin. Musht ko’tarsak, Eron ham oyog’ini tortadi. Sanksiya va diplomatiya ham tezroq ish beradi shunda”, - dedi vazir.

Eron rahbariyati qudratli qurolini Isroil yoki boshqa istagan mamlakatga qarshi qo’llashi mumkin deb hisoblaydi Netanyaxu. U yadro quroliga ega Eron Yaqin Sharqda barqarorlikni ta’minlashi mumkin, deguvchilarni tanqid qilmoqda. Vazir nazarida Al-Qoidaga qurol tutqazib qo’yib, dunyo tinchini kafolatlaymiz, deyish bilan barobar bu.

Tehron yadroviy izlanishlari uchun BMT sanksiyalariga uchragan. G’arb nazarida bu tadqiqotlar ommaviy qirg’in qurolini yaratishga qaratilgan, lekin Eron faqat energetika va tibbiy maqsadlar uchun ishlayapmiz, deydi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi ta’rificha, sanksiyalar ta’siri qattiq sezila boshlagan, ayniqsa, iqtisodiyot oqsamoqda. Eron neft eksporti o’tgan yili 50 foizga qisqargan, daromad keskin kamaygan, deya yozadi “Haaretz” gazetasi.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos bugun Bosh Assambleyada chiqish qilib, Yaqin Sharq tinchlik muzokaralari to’xtab qolganida Isroilni aybladi. Falastin davlati paydo bo’lishiga hissa qo’shish o’rniga Isroil muxtoriyatni qayirishga, holdan toydirishga harakat qilib keladi, deydi Abbos.

Muxtoriyat rahbari yahudiy davlatiga G’arbiy sohil va Sharqiy Quddusda posyolkalar qurishda davom etayotgani uchun tanbeh berdi.

Abbos Bosh Assambleyadan Falastinni kuzatuvchi sifatida safga qabul qilishni so’radi.