Insonparvarlik tashkilotlari suriyalik qochqinlar dardini yengillatishga urinayapti. Urush sababli minglab odamlar qo’shni Iroq Kurdistoniga bosh olib ketayapti.
Suriyada, bu orada, hukumat va isyonchilar alohida, kurdlar va ekstremist kuchlar alohida olishmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qochqinlar agentligi hisobicha, o’tgan haftadan beri 30 ming odam Iroq shimoliga qochgan.
BMT Qochqinlar agentligi hisob-kitobiga ko’ra, taxminan ikki-uch ming odam hozir Suriya chegarasida kutib turibdi. Ular Iroqqa o’tmoqchi. Qo’shni bu davlatga dushanbaning o’zida 4800 suriyalik kirgani aytiladi.
BMT qochqinlar agentligi matbuot kotibi Dan Maknortonning aytishicha, Halab, Xosoka va Qamishli kabi shaharlarda urush bois odamlar ilojsiz uyini tashlab ketayapti. Kurd mahallalarida ekstremist kuchlar bilan shafqatsiz janglar avjida.
“O’tgan haftadan beri o’n minglar Suriyadan qochar ekan, uch yildan beri bunaqangi oqim bilan yuzlashmagan edik. Odamlar nihoyatda mudhish manzarani tasvirlayapti, portlashlar, olishuvlar, qotilliklar… Urush natijada iqtisodiyot barbod bo’lib, oilalar bir burda nonga zor”, - deydi BMT so’zlovchisi.
Suriyalik qochqinlar to’lqini Iroq Kurdistoni va xalqaro gumanitar tashkilotlarni esankiratib qo’ydi.
BMT qochqinlar idorasi va boshqa insonparvarlik guruhlari shoshilinch ravishda qochqinlar uchun chodirlar o’rnatishga kirishgan. Jaziramada soya joy topib bir oz tin olib nafasni rostlash ham katta gap. O’tish punktlarida ichimlik suvi va yegulik tarqatilayapti.
Xalqaro migratsiya tashkiloti va Kurdiston ma’murlari qochqinlarni Iroqqa eltish uchun avtobuslar va yuk mashinalarini qatnatib qo’ygan.
Jahon oziq ovqat dasturi joriy hafta 15 ming odamga yetadigan qilib yegulik berishni rejalayapti. Keyinroq Turkiyadagi port orqali yana 185 ming kishi uchun oziq-ovqat tarqatiladi, deydi bu tashkilot rasmiylari.
Oxirgi qochqinlar to’lqinidan oldin Iroqda 155 ming suriyalik ro’yxatga olingan edi. BMT Bolalar fondi ayniqsa yosh-yalangga g’amxo’rlik qilishga undamoqda.
BMT so’zlovchisi Mariksi Merkado dushanba kuni Iroq Kurdistoniga kirib borganlarning yarmi bolalar, deydi.
“Ko’pi 12 yoshdan kichik bolalar. Suvsizlikdan qaqrab ketgan. Issiqda to’rt-besh soat yo’l yurishning o’zi bo’ladimi? Yakshanbadan beri kamida 80 bolaning qarovchisi yo’q ekanini aniqladik. Aksariyati o’smir o’g’il bolalar, ota-onalar ularni ataylab mamlakatdan chiqarib yuborgan, ish topgin deb. Qarovsiz qizlar qayd etilganicha yo’q”, - deydi BMT Bolalar fondi matbuot kotibi.
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1733346&w=640&h=506&skin=embeded

Your browser doesn’t support HTML5