AQSh Transport xavfsizligi ma’muriyati xodimlaridan 73 nafarining terrorizmga aloqasi bo’lgan, ammo bu holat vaqtida aniqlanmagan. Bu yaqinda o’tkazilgan inspeksiya xulosasi.
Bosh inspektor idorasi chiqargan hisobotda qayd etilishicha, aviatsiya sohasi ishchilarini tekshiruvdan o’tkazish sistemasi odatda samarali, ammo agentlik terrorchilar ro’yxatiga ega emas. Shu sababdan nomzodlar haqida to’la va xolis fikrga ega bo’lolmaydi.
Inspeksiya chog’ida ko’plab xatolar topilgan.
“Tekshiruv natijasida Transport xavfsizligi ma’muriyati terrorizmga aloqador 73 xodimni aniqlay olmagan, chunki idora terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslar haqida ma’lumotga emas”, - deyiladi hisobotda.
Bosh inspektor idorasi agentlik terrorchilikka oid ma’lumotga ega bo’lishi kerak, deya tavsiya berdi.
Yaqinda federal agentlar sinov tariqasida aeroport tekshiruv punktlaridan soxta portlovchi moddalar va qurol olib o’tishga harakat qilgan va buning uddasidan chiqqan.
Oqibatda Ichki xavfsizlik vazirligi Amerika aeroportlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.