Xitoyga nisbatan qanday siyosat olib borish Amerikadagi prezident saylovlarida azaliy mavzulardan biri.
Oliy lavozim uchun kurashayotgan Barak Obama va Mitt Romni Xitoy eng yaqin tijoriy hamkor ekanini tan olsada, bu davlatni savdo-sotiq bobida g’irromlik va hiylakorlikda ayblashadi.
1960-yilda prezidentlikka nomzodlar Jon Kennedi va Richard Nikson o’rtasida kechgan debatda Tayvanni qo’llab-quvvatlash masalasi ko’tarilgan.
“Kommunistik Xitoydan 10 kilometrcha narida joylashgan bu orollarni Qo’shma Shtatlar albatta himoya qilishi kerak”, - degan edi Kennedi.
Oradan yarim asr o’tib ham Vashington-Pekin aloqalari dolzarb masala. Mitt Romni saylanishi bilanoq Xitoyni “valyuta manipulyatori” deb e’lon qilmoqchi. Bu Xitoyga qarshi keng qamrovli sanksiyalarga yo’l ochishi mumkin.
“Xitoydagi do’stlarimizga qat’iyan aytishimiz kerak: savdo-sotiqda agressiv harakat qilayapsizlar, lekin har narsaning chegarasi bor. Valyutangiz qiymatini nazorat qilayasiz, Amerikada yaratilgan mahsulotlarni soxtalashtirib nafaqat boshqa davlatlarga balki o’zimizga qayta sotayapsiz”, - deydi Romni.
Prezident Obama esa Xitoyga manipulyator deb tamg’a bosishga qarshi. Valyutalarimizning hozirgi qiymati eksport uchun ayni muddao, deydi u.
“Xitoy bilan raqobatdamiz, lekin xalqaro maydonda bizga yaxshi hamkor bo’la oladi. Prezidentlikka kelganimda aniq aytganman: Xitoy boshqa davlatlar qatori qonun-qoidalarga so’zsiz amal qilishi kerak”.
Amerika Xitoydan eng ko’p qarz olgan mamlakat. Xitoy AQShning Kanadadan keyin ikkinchi eng yirik savdo hamkori. O’tgan yili AQShning savdo kamomadi qariyb 300 milliard dollarni tashkil etgan.
Saylov kampaniyasida Xitoyni iqtisodiy muammolarda ayblash siyosiy qurolga aylangan.
“Obama prezidentligi davrida yarim million ish o’rinlarini boy berdik, Xitoy bizdan o’zib ketayapti”, - deyiladi reklamalardan birida.
Barak Obamaning aytishicha esa uning ma’muriyati Jahon savdo tashkilotiga Xitoy ustidan eng ko’p shikoyat qilgan.
Inson huquqlariga kelganda, Vashington Pekin bilan ortiqcha shov-shuvsiz muhokamani afzal ko’radi. Ko’zi ojiz faol Chen Guangcheng qamoqdan ozod etilib, himoyaga olingani bunday strategiya to’g’ri ekanini isbotlamoqda, deydi prezident.
Respublikachi Romni esa Xitoyni huquq bobida, jumladan “bir oilaga bir farzand” siyosatini keskin qoralab keladi.
“Bu siyosatga ko’z yumayotgan BMT Aholishunoslik jamg’armasiga ortiq mablag’ ajratmaymiz”, - deydi respublikachi arbob.
Mudofaa borasida nomzodlar pozitsiyasi bir xil. Xitoyni jilovlash uchun AQSh Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qudratini oshirishi zarur.
“Xitoy bilan ittifoqchi bo’lishni istaymiz. Lekin eslatib qo’yayapmizki, Amerika Tinch okeani davlati, regionda hamkorlarimiz ko’p”, - deydi Obama.
Hamkorlikni oshiramiz desada, Obama ma’muriyati Tayvanga F-16 rusumidagi qiruvchi samolyotlarni sotishga shoshilmayapti. Mitt Romni fikricha, kutib o’tirishga hojat yo’q.
“Kommunist rahbarlar Amerika va’dalarini bajararmikan, deb bizni kuzatib turishibdi. Oq uyga saylansam, AQSh yana kuchli davlatga aylanadi. Shuni bilib qo’yishsin”, - deydi Romni.
1960-yillardagi prezidentlik bellashuvida Xitoy mavzusi ichki auditoriya uchun mo’ljallangan edi. Hozirgi debatlarni esa Xitoyda ham zo’r diqqat kuzatishadi, har bir aytilgan gapning mag’zini chaqishga harakat qilishadi.
Your browser doesn’t support HTML5