Saylov-2012: Illinoysda respublikachilar Mitt Romni uchun ovoz berdi

  • Amerika Ovozi

Mitt Romni, respublikachilardan yetakchi da'vogar

AQShda prezidentlikka da'vogar respublikachi arboblar bugun Illinoys shtatida kki shtatida bellashdi. Shanba kuni esa Luizianada partiyaviy saylovlar.

Massachusets sobiq gubernatori Mitt Romni o'tgan hafta Puerto-Rikoda g'alaba qozongach, Illinoysda ham birinchilikni qo'lga kiritdi. Rik Santorum, Pensilvaniya shtatidan sobiq senator, poygada ikkinchi o'rinda ketmoqda.

Asosiy saylov 6-noyabrda. Ba'zi tahlilchilar nazarida Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich Luizianada ham g'alaba qozona olmasa, Respublikachilar partiyasi rahbariyati undan poygadan chiqishni so'rashi mumkin. Ana o'shanda Gingrich yetakchi da'vogarlardan qay birini qo'llab-quvvatlashiga qarab yagona nomzod taqdiri hal bo'lishi mumkin.

Ammo sobiq spiker avgust oyida partiyaning Floridada bo'ladigan qurultoyigacha kurashishini aytgan. Qurultoyda noyabrdagi bosh saylovda demokrat Barak Obamaning raqibi rasman ma'lum qilinadi.