AQSh shaharlari orasida Los-Anjeles o’zining yuzlab jinoiy to’dalari bilan shuhrat qozongan. Shaharda, shuningdek, “Homeboy Industries” nomli tashkilot faoliyat yuritadi. U to’dalarning sobiq a’zolariga yangi hayot boshlashda yordam beradi. Mana 25 yildirki, ushbu dastur yordamida minglab yigit-qizlar to’g’ri hayotga qaytmoqda.
450 ta bezorilar to’dasi faol ekani aytiladigan sharqiy Los-Anjelesda 19 yoshli Kevin vaqtini jinoyatchilik urchigan ko’chada emas, oshxonada o’tkazishni afzal ko’radi.
“Eng yaqin do’stim ko’z oldimda halok bo’ldi. Boshqa oilalar ham yaqinlarini yo’qotganiga guvohman. Bu ko’zimni ochdi”, - deydi u.
Kevin va u bilan ishlaydigan yigit-qizlar - to’dalarning sobiq a’zolari. Ko’plari qamoqda o’tirib chiqqan. Tinch hayotga tayyorlanish uchun “Homeboy Industries” tashkilotida 1,5 yillik treningdan o’tadi. Ko’plari – bir-biriga sobiq dushmanlar.
“Vaqt o’tgan sari ular bilan salom-alik qilasan. Qalaysan, ishlaring joyidami, deyman. Ilgari bir-birimizga o’q uzganmiz, o’ldirganmiz, bir-birimizning do’stlarimizni ham o’ldirganmiz. O’tmishda raqib edik, endi esa gaplashib yuribmiz”, - deydi Kevin.
“Homeboy Industries” tashkiloti asoschisi, ruhoniy Grigoriy Boyl bu yerga sobiq to’da a’zolari bir xil maqsad bilan kelgan, deydi.
“Har bir odam farzandlarini halol boqishni va ijarani vaqtida, egri ishga qo’l urmay to’lashni istaydi. Har bir odam onamni xursand qilay, bolalarim yuzini yerga qaratmay, deb yashaydi”, - deydi Boyl.
Boyl bu tashkilotga 25 yil avval, dunyoning eng katta jinoiy to’dalari faol mahallada pastor bo’lib xizmat qilganida asos solgan. Yoshlar bu guruhlardan chiqib ketishni xohlardi, ammo jamiyat ularni qabul qilishni istamasdi, deydi u.
“Ularni ishga ham olishmasdi. Tashkilotimizni moliyalash ham oson bo’lmagan. Huquq-tartibot organlari va boshqalarni bu yoshlarga yomon ko’z bilan qaramaslikka ishontirish qiyin edi”, - deydi tashkilot rahbari.
2012-yilda jinoiy guruhlarning 8000 sobiq a’zosi “Homeboy Industries” tashkilotiga yordam so’rab keldi. Bu yerda tarbiyalanganlarning 70 foizi boshqa qamoqqa tushmaydi, deydi Boyl. Ko’plari tatuirovkalarini ham o’chiradi. Markazda bu bepul amalga oshiriladi.
“O’tmishni unutmoqchiman. Tatuirovkani o’chirib, o’tmishimning bir qismini ham xotiramdan chiqaraman”, - deydi sobiq to’da a’zosi Kevin.
Bunday to’dalar faqat kambag’al mahallalardagina uchramaydi.
Ular Amerikadan boshqa o’lkalarga eksport qilinadi, birinchi navbatda, ommaviy axborot vositalari orqali, deydi antropologiya bo’yicha professor Tomas Uord.
“Gangsterlarning rep musiqasi, filmlar va televideniye orqali. Yosh bolalar gangsterlar - dovyurak odamlar deb, ularga o’xshagisi keladi”, - deydi Uord.
Agar to’da a’zolari noqonuniy immigrant bo’lsa va ular vataniga deportatsiya qilinsa, u yerda ham faoliyatini davom ettiradi. Boyl Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlarida “Homeboy Industries”ga o’xshagan tashilotlar tuzish harakatida.
Kevin hozir kollejda tahsil olyapti, kelajakda politsiyachi bo’lib, jinoiy to’dalarga qarshi kurashish niyatida.
Your browser doesn’t support HTML5