Eronga qarshi jazo choralarining qabul qilinishi ortida turgan yetakchi senator Tehron bilan olib borilayotgan so’nggi muzokaralarni qo’llab-quvvatlamoqda. AQSh Senatining Bank qo’mitasi rahbari Tim Jonson Obama ma’muriyati olib borayotgan muloqotga imkon berib, yangi sanksiyalarni joriy etmay turishga chaqirgan.
Bu yil Eronga qarshi yangi sanksiyalarni qabul qilish uchun mavjud muddat nihoyasiga yetib bormoqda. Jazo joriy etish haqida qonun taqdim etilgan taqdirda ham, uning Bank qo’mitasida jiddiy qarshilikka uchrashi tayin. Chunki qo’mita rahbari Jonson jazolarga tanaffus e’lon qilib, muloqot natijasini kutish tarafdori ekanini ma’lum qildi.
“AQShning yangi jazo choralarini qo’llashi Eronning yadro dasturiga qarshi xalqaro hamjamiyat orasidagi mavjud hozirgi ittifoqqa putur yetkazadi”, - dedi senator Jonson.
Bank qo’mitasining yetakchi a’zolaridan biri respublikachi senator Mayk Kraypo uning fikriga qo’shilmaydi.
“Sanksiyalar Eronni muzokara stoliga olib kelishda yordam berdi. Xuddi shu yo’lni bundan buyon ham davom ettirish tarafdoriman”, - deydi u.
Vakillar Palatasi shu hafta, Senat esa keyingi hafta tanaffusga chiqadi. Kongress Eron masalasida bu yil yangi qaror qabul qilishi uchun imkoniyat deyarli qolmadi. Qonun loyihasi olg’a surilgan taqdirda ham, prezident Obamaning vetosiga uchrashi ehtimoli yuqori.
Respublikachi senator Bob Korker vaziyatni yaxshi tushunadi.
“Senatda shunchaki gap-so’z qilayotganimizni tushunaman. Amalda hech narsa qila olmaymiz hozir”, - deydi u.
Yana bir respublikachi Lindsi Grem Kongress kelgusi yil boshida bu masalaga yana qaytishi kerak degan fikrda.
“Nima bo’lganda ham, ikki partiya qarashlari hisobga olingan qonun tayyorlanadi. Unga yanvarda ovoz berilsa kerak. Biz shuni talab qilamiz”, - deydi u.
AQSh Davlat departamentining Siyosiy masalalar bo’yicha kotibi o’rinbosari Vendi Sherman diplomatik choralarga yana bir bor imkoniyat berish lozimligini aytadi.
“Biz diplomatiyani sinab ko’rishimiz kerak. Buni amalga oshirishning yo’li ilk uchrashuvdagi shartlarga rioya qilib, batafsil kelishuvga erishish uchun muzokara olib borishdir”, - deydi u.
Shermanga ko’ra, Eron bilan yaqinda kelishilgan muvaqqat bitim yadro harakatlarini keskin cheklaydi va u ishonch emas, balki kuchli tekshiruv asosiga qurilgandir.
Kelishuvga shubha bilan qarovchilar orasida Tashqi aloqalar qo’mitasini boshqaruvchi demokrat senator Robert Menendez ham bor. Jazo choralari bo’yicha qanday qaror qabul qilinishidan qat’i nazar, Kongress Eron bilan tuziladigan so’nggi kelishuv qanday bo’lishi lozimligi haqida o’z so’zini aytishi kerak, deydi u.
“Senat, masalan, muloqot natijasini, qanday shakldagi kelishuvni so’nggi hujjat sifatida qabul qila olishini aniqlab berishi kerak”, - deydi senator Menendez.
Obama ma’muriyati nazarida, qabul qilish mumkin bo’lgan so’nggi natija - Eronning yadro quroli ustida ishlamayotganiga ishonch hosil qilish. Ammo ko’plab qonunchilar bu natijaga erishish mumkinligiga shubha bilan qaraydi. Ularga ko’ra, iqtisodiy bosim ko’rsatmasdan turib Tehronga gap uqtirish qiyin.
Your browser doesn’t support HTML5