Shu hafta AQSh Iroqni istilo qilganiga 10 yil to’ladi. Ayrim manbalarga ko’ra, Iroq urushi AQShga ikki trillion dollarga tushgan. Harbiylar va tinch aholidan jami 200 ming odam nobud bo’lgan. Iroqda olingan saboqlar AQShning urush olib borish strategiyasini batamom o’zgartirib yubordi, deydi ayrim kuzatuvchilar.
Iroq urushining boshlanishi kutilgandek bo’ldi: AQSh qo’shinlari Iroqqa yagona maqsad – Saddam Hussayn hokimiyatini ag’darish uchun kirdi.
Biroq urush bu bilan tugamadi. Tinchlik o’rnatishga qaratilgan harakatlar davom etib, yangi strategiyaga asos solindi.
2011-yilda Obama Iroqda yo’l qo’yilgan xatolarni tilga olib, Liviyaga qarshi urush ochish niyati yo’qligini ma’lum qildi.
“Iroqda rejimni o’zgartirish sakkiz yil vaqt, minglab amerikalik va iroqliklar hayoti hamda bir trillion dollar talab qildi. Biz boshqa bunday urush olib bora olmaymiz”, - dedi prezident.
AQSh uchun Saddam Hussaynni hokimiyatdan ag’darish qiyin bo’lmadi. Biroq undan keyin avj olgan ichki urush kutilmagan muammolarni yuzaga chiqardi.
Tahlilchi Jim Tomas buni shunday baholaydi:
“Iroqqa kirish oson kechdi. Qiyini – u yerni bosib olish va nazorat qilish bo’ldi. Qo’shinlarimiz boshqa davlatning katta armiyasi bilan yuzma-yuz kurashishga tayyorgarlik ko’rgan edi. Lekin isyonchi va terrorchilarning kichik guruhlari, pistirma hujumlariga javob qaytarishga tayyor emasdi”, - dedi u.
Pentagon taktikani o’zgartirishga majbur bo’ldi. Isyonchilarga qarshi yangi kurash uslublari ishlab chiqildi. Razvedka, mahalliy aholi bilan yaqinlashish, kutilmagan bomba hujumlariga tayyor turish kabi yo’nalishlarda askarlar malakasi oshirildi.
AQSh mudofaa tizimiga eng ko’p ta’sir qilgan narsa esa urushning uzoq cho’zilgani va xarajatning kattaligi bo’ldi.
“Bunday urushlar juda qimmatga tushishini o’rganib oldik. Siyosiy arboblardan hech biri bosib olingan mamlakatda barqarorlik o’rnatishga qaratilgan keng ko’lamli operatsiyalarni amalga oshirishni qo’llab-quvvatlamaydi. Ayniqsa, bu ko’p vaqt talab qilsa”, - deydi tahlilchi Tomas.
Jamoatchilikning noroziligi ham urush taktikasining o’zgarishiga ta’sir qildi. Uchuvchisiz samolyotlar va oz sonli tezkor maxsus guruhlardan foydalanish, mintaqada hamkorlar bilan ishlash kabi kam xarajatli, ammo samarasi yuqori usullar qo’llanila boshlandi.
Ammo bu o’zgarishlar urushga xayrixoh guruhlar nufuzini oshirishi mumkin degan xavotirlar bor.
Your browser doesn’t support HTML5