Yaqin Sharqda davom etayotgan norozilik namoyishlarini dunyo bo’ylab musulmonlar ham yaqindan kuzatmoqda. Amerikalik musulmonlar, ayniqsa, qonli namoyishlardan qattiq bezovta.
Los-Anjelesdan tortib Nyu-Yorkkacha amerikalik musulmonlar Yaqin Sharqda ro’y berayotgan qonli namoyishlardan tashvishda.
Nyu-yorklik Mustafo qonli hujumlarga keskin qarshi.
“Konsullikka o’t qo’yishlari, vayronagarchiliklar – bu tarzda munosabat bildirishlariga qarshiman. G’azablarini tinch yo’l bilan, so’z orqali ifodalasa ham bo’ladi-ku”, - deydi Mustafo.
Surayyo kabi ko’plab amerikalik musulmonlar zo’ravonliklarning asl sababi – past sifatli havaskor filmni keskin qoralaydi.
“Dinni tahqirlovchi bunday videoni yaratish darajasigacha bormaslik kerak edi. To’g’ri, har kim o’z mustaqil qarashiga ega, ammo bu nafrat uyg’otuvchi film. Nafrat qo’zg’ovchilar jazolanishi kerak”, - deydi Surayyo.
Film ular uchun haqoratli bo’lsa ham, Los-Anjelesdagi Edina Lekovich kabi musulmonlar fikriga ko’ra, AQSh hukumati senzura o’rnatmasligi kerak.
“Qonun-qoidalarni o’zgartirishga hojat yo’q, deb hisoblayman. Chunki shu so’z erkinligi orqali biz dinimizga o’zimiz xohlagandek e’tiqod qilish imkoniga egamiz”, - deydi kaliforniyalik musulmon.
Kollej talabasi Vasi Mo’minga ko’ra, zo’ravoniklarga sabab bo’lgan narsa faqat film emas. Buning chuqurroq sabablari bor, deydi u.
“Bu yoshlar ishsizlik yuqori bo’lgan, inqilob va namoyishlarni boshidan kechirgan jamiyatlardan. Ular shijoatini nimagadir sarflashi kerak. Mana shunday holatlar yuz berganda, ular birdan hujumga o’tishadi”, - deydi u.
Amerika musulmonlariga ko’ra, AQShning Isroilga nisbatan olib borayotgan tashqi siyosati ham Yaqin Sharqda aksil-Amerika kayfiyatining kuchayishiga hissa qo’shmoqda. Janubiy Kaliforniya Islom markazi so’zlovchisi Mohir Hatutga ko’ra, zo’ravon namoyishchilar Muhammad payg’ambar ta’limotiga zid ish tutmoqda.
“Biz rang-barang qarash va g’oyalar bilan yashashga o’rganib qolganmiz. Albatta, agar siz yopiq jamiyatda yashasangiz va faqat o’z ovozingizni eshitishga o’rgangan bo’lsangiz, qandaydir yangi ovoz chiqsa, u sizga g’alati eshitiladi”, - deydi imom.
Uning aytishicha, AQShning musulmon va musulmon bo’lmagan aholisininig aksariyati islomni tahqirlovchi filmni ham, unga qarshi yuz bergan zo’ravon namoyishlarni ham qoralaydi.
Your browser doesn’t support HTML5