Bugun AQShning Nevada shtati prezidentlikka da’vogar respublikachilarni elakdan o’tkazdi. Partiyaviy saylovlarda Mitt Romni g’olib chiqdi.
Massachussetts shtati sobiq gubernatori shu kungacha shtatma-shtat o’tgan saralash jarayonida oldin ketmoqda.
Qolgan uch da’vogar, Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich, sobiq senator Rik Santorum va kongressmen Ron Pol poygani hali-beri tark etmasligini aytmoqda.
6-mart kuni 10 shtat birvarakayiga ovoz beradi. Undan keyin respublikachilardan prezidentlikka nomzod kim bo’lishi yanada oydinlashadi.
Nomzod 6-noyabrda umummamlakat saylovida amaldagi rahbar, demokrat Barak Obama bilan bellashadi.