Noyabr oyidagi saylovlarda g’alaba qozongan va Kongressning ikkala palatasida nazorat o’rnatgan respublikachilar ishga kirishdi. Ular kelasi ikki yilda qattiq mehnat qilmoqchi, shuningdek, 2016-yilgi prezidentlik saylovida g’alaba qozonish niyatida.
Your browser doesn’t support HTML5
Senat va Vakillar palatasida ko’pchilikni tashkil qilgan respublikachilar Amerika xalqi xizmatida ekanini aytadi.
Palata spikeri Jon Beyner partiyabozlikka chek qo’yish umidida.
"Mafkuraviy kurash hech qachon tugamaydi va tugamasligi kerak. Turli fikrlarga ega bo’lsak-da, birga ishlaylik”,- deydi spiker.
Demokrat prezidentning ishi og’irlashgan.
“Katta muammolarni hal etishda Amerika xalqiga yordam berish asosiy maqsadim. Vakolatimdan chiqmagan holda shu yo'ldan boraman",- deydi Obama.
Yangi Kongress hamjihatlik haqida bon urmoqda, lekin muammolar o'sha-o'sha.
Mitch Makkonell Senatda respublikachilar sardori.
“Prezident Senatga qanday ishlashni buyurolmaydi. Biz o'z rejalarimizga egamiz”,- deydi u.
Respublikachilar Amerika xalqiga kelasi saylovlargacha nimaga qodirligini namoyish qilmoqchi.
Siyosiy tahlilchi Jon Fortiyer:
“Ular kelajak haqida ijobiy gapirishga o’tishi kerak. Masalan, saylovda muxolifatdagi partiya, odatda, hukumatni tanqid qiladi va shu bilan saylovchilarni o’z tarafiga og’diradi. Respublikachilar Obama ma’muriyatini qoralab kelmoqda. 2016-yilda esa ular kelajakka ijobiy qaraydigan nomzodni ilgari surishi kerak”.
Buning uchun prezidentni tanqid qilish kifoya emas/
Respublikachilar faoliyati bilan yaxshi tanish Skot Folkner:
“Ular hokimiyatni boshqara olishini isbotlashi lozim. Obama siyosatini tanqid qilish bir masala, muqobil yo’l taklif etish esa boshqa masala”.
Respublikachi yetakchilar kattaroq maqsadlarni ko’zlayapti, deydi strateg Filip Statts.
“Spiker Beyner yo Mitch Makkonell, maqsad - 2016-yilgi saylovlarda respublikachi nomzod g’alaba qozonishini ta’minlash”,- deydi u
Florida shtatining sobiq gubernatori Jeb Bush va 2012-yilda prezidentlikka da’vo qilgan Mitt Romni kelasi yilda oliy lavozim uchun kurashish niyatida yurgan arboblardan.