Amerika Senati qo'mitasi Rossiya bilan savdoga cheklovni olib tashladi

  • Amerika Ovozi

Bu – Rossiya global bozorda tartib-qoidani belgilovchi Jahon Savdo Tashkilotiga kirishi yo’lida muhim dovon.

Amerika Senati Moliya qo’mitasi Rossiya bilan savdoni oshiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi.

Sovuq urush yillarida joriy etilgan cheklovlar endi o’z kuchini yo’qotib, bundan e’tiboran Rossiya tovarlariga past tariflar belgilanadi.


Hozir ikki davlat savo aylanmasi yiliga 9 milliard dollar bo’lsa, yangi chora bu raqamni ikki karra oshirishi mumkin.

Biroq tashabbusga qarshilar nazarida Vashington Moskva bilan normal savdo rishtalarini yo’lga qo’yishdan oldin, Rossiyadan Suriyaga qurol sotmaslikni talab qilish kerak edi.

Lekin boshqalar fikricha, Rossiya bilan oldi-sotdini jilovlash Amerika eksportiga ziyon qilishi muqarrar.

Loyiha qonunga aylanishi uchun butun Senat, so’ng Vakillar Palatasi tasdig’idan o’tishi va unga prezident Barak Obama imzo chekishi kerak.

Bu – Rossiya global bozorda tartib-qoidani belgilovchi Jahon Savdo Tashkilotiga kirishi yo’lida muhim dovon.

Rossiya parlamenti yaqinda tashkilotga a’zolikni yoqlab ovoz bergan edi. Hujjatga endi prezident Vladimir Putin qo’l qo’yishi kerak.

153 a’zolik Jahon Savdo Tashkiloti Rossiyani huquq bobida tanqid qilib, safga kiritmay kelayotgan edi. Tomonlar dekabrda murosaga erishgan.