Oq uy uchun poyga davom etar ekan, 5-mart kuni Alabama, Alaska, Arkanzas, Kaliforniya, Kolorado, Meyn, Massachusetts, Minnesota, Shimoliy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Yuta, Vermont va Virginiya shtatlari hamda Tinch okeanidagi Amerika Samoa hududida partiyaviy saralash jarayoni bo'lib o'tdi.
Prezidentlikka nomzodlar yuzasidan bu qadar ko'p shtatda bir kunda ovoz berilgani uchun ushbu kunni amerikaliklar "Super seshanba" deb ataydi.
Respublikachi da'vogarlar orasida sobiq prezident Donald Tramp oldinda, demokratlar orasida esa Prezident Jo Bayden, biroq har ikkala partiya yagona nomzodi kim ekanini yozda, hozirgi saralash jarayoniga asoslangan holda partiya qurultoylarida e'lon qiladi.
Bayden o'z partiyasidan jiddiy biror raqib bilan yuzlashmayapti, maydonga chiqqanlar yo juda oz quvvatlovga ega yo keng olqishga ega bo'lmagan uchinchi partiya vakillari.
Your browser doesn’t support HTML5
Trampning poygada qolgan yagona raqibi - Nikki Heyli, uning prezidentligi davrida BMTdagi echilik qilgan siyosatchi.
Tramp Heyli har bir shtatda yutib chiqqan, biroq poytaxt Vashingtonda respublikachilar Heyli tarafida. Tarixda shu kungacha biror respublikachi ayol prezidentlik uchun kurashda praymerizda yutmagan edi.
Tramp tarafdorlari oldida so'zlar ekan, Baydenni tarixiy xatolarda, Meksika chegarasini xavfdan himoya qila olmayotganlikda, Afg'onistondagi urushni yakunlashni eplay olmaganlikda, Amerika manfaatlarini boy berayotganlikda aybladi.
Bayden "super seshanba" natijalari yuzasidan nutq qilmadi, ammo bayonot chiqarib, xalqni ogoh bo'lishga, Trampning hokimiyatga qaytishi Amerikani ortga qaytarish bo'ladi, degan qabilda murojaat qildi.
“Donald Tramp Oq uyga qayta saylansa, shu kungacha erishilgan progress qo'ldan ketadi. Tramp - alamzada, mug'ombirlik bilan qadam tashlaydigan odam. U qasos olish, o'ch olish yo'lidan boradi, aslo Amerika xalqi dardi bilan shug'ullanmaydi", - deydi Bayden.
Your browser doesn’t support HTML5
Bugun AQShning 16 qismidagi saylovlarda ham Tramp ustun kelgan. Nyu-York, Jorjiya, Florida va Vashingtonda 91 jinoiy ayblov bilan yuzlashayotgan, uch hafta ichida sudga tortilishi kutilayotgan sobiq rahbarning o'ziga ishonchi baland.
Heyli Texas va Kaliforniyadagi respublikachilari orasida keng quvvatlansa-da, nomzodlik uchun shu kungacha yetarlicha ovozni qo'lga kirita olmadi. Ovozlar hozirgi jarayonda delegatlar yig'ish demakdir, toki ular yozda qurultoyda qatnashib, ovozini tasdiqlasin.
Tramp 2016-yilda prezidentlikka saylanishi oldidan shtatma-shtat o'z partiyasining boshqa da'vogarlari bilan bellashganida raqobat bu yilgiga qaraganda shiddatliroq kechgan. Bu safar aksariyat raqiblar saralash jarayonining ilk kunlaridayoq va hatto undan oldin maydonni tark etdi.
Tramp Baydenni yutishi aniq ekanini da'vo qilar ekan, ommaviy so'rovlarda prezidentdan sal oldindan ketmoqda.
Bayden nomzodlikni osongina qo'lga kiritsa-da, uning siyosatiga qarshilik hozirgi protsessda salmoqli sezilib, xususan Minnesota shtatida uning Yaqin Sharqqa nisbatan yondashuvi qattiq qoralangan. Ko'plab demokratlar unga ovoz bermasligini bildirgan.
Arablar katta sonda yashaydigan Michigan shtatida ham shunday kayfiyat hukmron.
Tramp bu shtatlarda mutlaq g'alaba qozongan.
Bayden 7-mart kuni Kongressga yillik hisobotini beradi. Prezident uchun bunday shaklda saylovchiga murojaat qilish bebaho imkoniyat, deydi tahlilchilar.
Oq uy ommaviy so'rovlar natijasidan biladiki, ko'plab amerikaliklar Baydenning 82 yoshga yaqinlashayotganiga salbiy omil deb qaraydi. Hatto uni hurmat qiladiganlar ham davlatni bu qadar keksa odam boshqarishini xohlamasligini aytadi.
Bayden esa hamon quvvatga to'la ekanini, yoshi va tajribasi mamlakat manfaatlari uchun xizmat qilishini qayd etib keladi.
Your browser doesn’t support HTML5