O’zbekiston prezidenti Islom Karimov 9 may, Xotira kuni munosabati bilan qilgan nutqida xorijiy kuchlar Afg’onistonni tark etsa u yerda fuqarolar urushi boshlanishi mumkin, dedi.
Karimov Afg’oniston bilan hamkorlik tarafdori va uning fikricha, ikki davlat bir-birining ichki ishlariga aralashmasligi kerak. O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati esa mamlakatda terror xurujlari haqida ogohlantirmoqda.
Islom Karimov mahalliy axborot vositalari oldida qilgan chiqishida Afg’oniston masalasiga batafsil to’xtaldi. Uning ta‘kidlashicha, muammo yechimini topmasdan xalqaro qo’shinlar bu o’lkani tark etmoqda va bundan keyingi vaziyat yanada mavhum va qaltis.
“Ochig’ini aytadigan bo’lsak, harbiylarni chiqarish o’zi boshlandi. Ular chiqib ketishi bilan ahvol yana keskinlashadimi yoki tinchlik keladimi? Ming afsuski, bular chiqib ketishi bilan albatta yechmini topmagan kuchlarning qarama-qarshiligi yana avjiga chiqadi. Bu terrorchilikmi, narkotrafikmi, diniy yoki millatlaro bo’ladimi, qarshiliklar avjiga chiqib Afg’onistonda yana fuqarolar urushi boshlanib ketishi xavfi bor“, - deydi Karimov.
Unga ko’ra, bunday tahdidlar bilan avvalo chegaradosh davlatlar to’qnashadi.
“Afg’oniston bilan chegaradosh kim birinchi navbatda... O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston emasmi? Ular Afg’oniston masalasini yechmasdan chiqb ketishi bilan O’rta Osiyoda, Markaziy Osiyo davlatlarida ahvol keskinlashishi muqarrar“.
Islom Karimovning bu bayonotini yaqinda Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Afg’oniston bo’yicha bildirgan mulohazalariga javob deyish mumkin.
“Xalqaro qo’shinlarning chiqishi mintaqa uchun, bugun turli tadqiqotchilar, siyosatchilar aytayotganidek, jiddiy xavf tug’dirmaydi”, - degan edi Qozog’iston rahbari.
Prezident Karimovning aytishicha, O’zbekiston yaqinda qabul qilingan tashqi siyosiy aloqalar to’g’risidagi qonunga muvofiq Afg’oniston bilan hamkorlikni ikki tomonlama rivojlantirish yo’lidan boradi.
“Kimnidir birlashmasiga kirib, Afg’oniston bilan munosabatlarni boshqarmaydi yoki qatnashmaydi, biz faqat ikki tomonlama manfaatli aloqalarni bog’laymiz”,- deydi Karimov.
Afg’onistondagi vaziyat rasmiy Toshkentning jiddiy xavotiriga sabab bo’lib kelmoqda. Ayni paytda O’zbekistonda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining terorrizmga qarshi kurash bo’limi vakili “Markaziy Osiyo internetda” nashriga Toshkentda ehtimoliy terrorchilik xuruji haqida ma’lumot bergan.
Ushbu tahdid Afg’onistonda jangarilar faollashgani va maxfiy xizmatda terror xuruji xavfiga doir ma’lumotlar borligi bilan izohlanadi.
Mahalliy faollardan biri Abdulla Tojiboy o’g’li poytaxtda militsiyaning nisbatan ko’payganini qayd etadi. Lekin uning fikricha, bu terror xuruji bilan emas, balki ko’proq Andijon fojeasini xotirlash kuni yaqinlashgani bilan bog’liq.
“Odamlar bilan gavjum parklar yoki boshqa joylarda militsiya, fuqarolik kiyimidagi xavfsizlik xodimlari ko’paygani yaqqol ko’rinadi. Bu aksilterror emas, balki 13-may yaqinlashayotgani bilan bog’liq. Hukumat odamlarda ommaviy norozilik boshlanib ketishidan qo’rqayaptimi“, - deydi faol.
Your browser doesn’t support HTML5