O’zbekistonda 20 yildan buyon qamoqda saqlanayotgan Murod Jo’rayevning ahvoli o’ta o’gir ekani haqida xabarlar bor. Uzoq yillik siyosiy mahbus bu yil ham amnistiyadan bebahra qoldi.
“Birdamlik” harakatining O’zbekistondagi yetakchisi Malohat Eshonqulova esa zaharlanganini da’vo qilmoqda.
O’zbekiston parlamentining sobiq deputati, Qashqadaryo viloyati Muborak shahri hokimi bo’lgan Murod Jo’rayev 1995-yilda hokimyatni noqonuniy egalash harakatida ayblanib, 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Bu jazo muddati tugagan. Lekin qamoqxonada turli qoidalarni buzganlikda ayblanib o’tkazilgan sudlovlar natijasida yana 12 yillik jazoga mahkum etilgan. Jo’rayev Chirchiqdagi qamoqxonada va 2015-yilgacha u yerda qoladi.
61 yoshli siyosiy mahbusning turmush o’rtog’i Xolbeka Jo’rayeva yaqinda eri bilan qamoqxonada ko’rishgan. Bu uchrashuvdan keyin faollarni erining salomatligi izdan chiqqani, sog’lig’i keskin og’irlashganidan ogoh etgan.
Jo’rayevning yaqinlari amnistiya umididan voz kechgan.O’zbekistonda Konstitutsiya kuni bilan dekabr oyida qabul qilingan amnistiya muddati shu oy yakunlandi. Jo’rayev undan benasib qoldi.
Bir muddat avval u bilan qamoqxonada uchrashgan huquq himoyachisi Surat Ikromov deydiki:
“U kishi 61 ga kirgan, lekin ko’rinishidan bir 80 ga yaqinlashganga o’xshaydi. Sochlari to’kilib ketgan, ajin bosgan, tishlari tushib ketgan, lekin gaplashganda tetik. Qon bosimi baland bo’lib turadi, yurak og’rib turar ekan. Siyosiy motivlar bilan qamalgan mahbuslarni ozod qilish bo’yicha oxirgi paytda tanqid va talablar juda ko’paydi. Shuning uchun ham rahbariyat siyosiy mahbuslarni bir qismini ozod qilish haqida qarorga kelgan bo’lishi mumkin, chunki hozirgi uchrashuv bejiz tashkil qilingaman. Shu paytgacha qamoqxonaga kirish uchun qilgan harakatlarimdan biror natija bo’lmagan edi”.
Muxolifatdagi “Birdamlik” harakati a'zosi Malohat Eshonqulova tomonidan yaqinda tarqatilgan murojaat ham O’zbekistonda siyosiy faollarning salomatligi yuzasidan xavotirlarni kuchaytirgan.
Elchixonalarga yuborilgan bu xatda Eshonqulova siyosiy faoliyati bois uni zaharlashga urinish bo’lgani haqida yozadi.
“Mening shubham o’zi hukumatdan bo’lsa, yana qanday qilib o’zimni ularni qo’liga topshiraman? Shuning uchun mamlakatdagi elchixonalarga murojaat bilan chiqdim. Ularga qarashli biror poliklinikada mustaqil tibbiy ko’rikdan o’tish imkoniyati bormi degan niyatda. Asosiy maqsadim salomatligimning xavfliligi qay darajada ekanligini bilish, shuni so’rayapman. Bu narsa o’zimning ham, bolalarimning ham ko’nglini xotirjam qilishi uchun kerak, chunki sog’ligim og’irlashib bormoqda. Buning uchun zaharlaganliklari haqidagi gumonlarim tasdiqlanmay, tuhmatchiga chiqib qolishga ham roziman”, - deydi ayni paytda uyda davolanayotgan faol.

Your browser doesn’t support HTML5