Prezidentlikka virtual nomzodlar huquq va qonun ustuvorligi haqida nima deydi?

Manba: huquqburch.uz

O’zbekistonda 29-mart kuni o’tadigan prezident saylovlariga parallel ravishda virtual saylov ham o’tkazilmoqda. G’arbdagi muxolifatchilar tashabbusi bilan boshlangan bu jarayon - demokratik mashq. O’zbekistonda tub ma’noda muxolifatga yo’l berilmas ekan, saylovlarda amaldagi siyosatdan norozi taraflar ishtirok etmas ekan, virtual O’zbekistonda virtual poyga olib borishdan zarar yo’q, deydi kuzatuvchilar.

Internetdagi saylovda o’z nomzodini qo’yganlar bu real tanlov emasligini biladi. Lekin, deydi bu da’vogarlar, bu tashabbus O’zbekiston jamoatchiligiga muqobil qarashlardan darak beradi. O’zbekiston jamiyati namoyandalari o’z g’oya va fikrlarini olg’a surib, o’zaro munozara olib bormoqda, yurt kelajagini muhokama qilmoqda.

Virtual ovoz berish 1-martdan 29-martgacha davom etadi. Tashkilotchilar deydiki, O'zbekiston xalqi shaffof va adolatli saylovlar o'tkazishni o'rganishi kerak. Mamlakat tarixida hali bunday jarayon qayd etilmagan.

“Amerika Ovozi” nomzodlar bilan birma-bir muloqot qilib, ularning muayyan masalalarga nisbatan munosabatini o’rganish niyatida. Siyosat, iqtisod, jamiyat hayotining jamiki jabhalari bilan bog’liq mavzular haqida bu shaxslarning so’zlarini hech qanday sharhsiz, shundayligicha beramiz.

Birinchi suhbatimiz inson huquqlari va qonun ustuvorligi xususida bo’lib, bu boradagi savollarimizni shu sohada faoliyat yuritib kelayotgan ikki nomzodga berdik: Mirrahmat Mo’minov va Mohira Ortiqova.

Bu insonlar siyosiy bosim ostida vatanni tark etib, bugungi kunda Amerika Qo’shma Shtatlarida qochqin maqomi bilan kun kechiradi. Har ikkisi oliy ma’lumotli, Toshkentdagi nufuzli oliygohlarni bitirgan, o’zini O’zbekistonning jonkuyar farzandi deb biladi.

Jamiyat taraqqiy etishi uchun erkinlik va adolat suvdek zarur. Buning uchun esa qonun ustuvorligiga erishish lozim. Fuqaro nafaqat o’z haqqi balki burch va mas’uliyatini ham his etishi va uni amalda isbotlashi kerak. Oshkoralik ta’minlanishi shart.

Xo’sh, O’zbekistonda bunga qanday erishish mumkin?

Mirrahmat Mo'minov, prezidentlikka virtual nomzod

Ohayo shtatida yashaydigan Mirrahmat Mo’minov fikricha, avvalo bosh qomusni hurmat qilishimiz kerak. Dunyo tajribasidan saboq olgan holda, mavjud tizimlarni isloh qilish zarur.

Mohira Ortiqova, prezidentlikka virtual nomzod

Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Mohira Ortiqova fikricha tub masalalarni yechishda fuqaro jamiyatining roli beqiyos. Shuningdek, deydi u, adliya mustaqil bo’lishi kerak.

Marhamat, tinglang:

Your browser doesn’t support HTML5

Huquq va qonun ustuvorligi: Prezidentlikka virtual nomzodlar nima deydi? Navbahor Imamova