Tolibon G'arb diplomatlari bilan Osloda muloqot qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Oslodagi muloqot chog'ida

Tolibon G’arb bilan muzokaralar orqali muzlatilgan pullarning qaytarilishiga, xalqaro sahnada tan olinishiga umid qilmoqda. Buning uchun ularga inson huquqlari, ayollar huquqlarini hurmat qilish talabi qo’yilgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 24-yanvar, 2022-yil

Hozircha birorta mamlakat Tolibon hukumatini tan olgani yo’q.

Tolibon delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy rahbarlik qilmoqda.

Avgust oyida Afg’onistonda siyosiy tuzum o’zgarishi bilan afg’on iqtisodiyotini 80 foizga moliyalagan xalqaro yordam to’xtadi, AQSh salkam 10 milliard dollar pulni muzlatib qo’ydi.

Shundan beri gumanitar vaziyat yomonlashmoqda, davlat xizmatchilari oylab maosh olgani yo’q, ishsizlik kuchaygan, millionlab odam ochlik bilan yuzlashmoqda. Ikki yil davom etgan qurg’oqchilik qishloq xo’jaligini xonavayron qildi, qahraton qish esa vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.

O’tmishda ayollarning ta’lim olishi va ishlashiga qarshi bo’lgan Tolibon Oslodagi muloqot chog’ida ayollarning jamiyatdagi rolini tan olishini bildirdi.

"Ularning roliga ishonamiz, biroq har bir mamlakat o’z madaniyatiga ega. Ayollar huquqlari mahalliy qonunlar, diniy qadriyatlar asosida ta’minlanadi. Afg’on hukumati ular uchun ana shunday muhit yaratishga intilmoqda va ayollar mamlakatni qayta qurishda ishtirok etadi”, - dedi Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Shafiulla A’zam.