Amerikaning mustaqil ayol kino ustalari

  • Amerika Ovozi

Rejissyor Ketrin Bigelou mustaqil kino sohasida muvaffaqiyat qozongan ayollardan.

Mustaqil filmlar haqida bu yil toza ko’p gapirildi. Amerika mustaqil kinematograf ustalarini tanitib kelayotgan “Sundance” kinofestivalida, masalan, mualliflarning yarmi xotin-qizlar edi.

Hozir sohada ayollar soni oshib borayapti, lekin ular yuzlashayotgan to’siqlar ham anchagina.

Your browser doesn’t support HTML5

Rejissyor xotin-qizlar bilan suhbat/Nasiba Tohir


Ava Duvernay filmlarni suratga olishni xush ko’radi. Mavzularga qora ayol nuqtai nazaridan yondashishi uni ajratib turadi. Uchta hujjatli va ikkita badiiy film muallifi, barchasi mustaqil kinomahsulot. Uning aytishicha, ayollar filmlar uchun sarmoya topishi qiyinroq.

“Erkaklar egalik qiladigan yoki erkaklar yuritadigan ayrim tashkilot va idoralar qanaqasiga ayol kishiga shuncha pul berib qo’yish mumkin, deb aqliga sig’dira olmaydi”, - deydi Duvernay.

Janubiy Kaliforniya Universiteti mustaqil filmlar olamida ayollarning o’rnini o’rgangan. Ta’lim dargohi “Sundance” film festivalida 2002 va 2012-yillar orasida ko’rsatilgan asarlarni ko’zdan kechirib, hujjatli filmlarning 40 foizini xotin-qizlar ishlaganini aniqlagan.

Lekin hujjatli filmlarga kelganda muallif xotin-qizlar faqat 25 foizni tashkil etgan.

“Xotin-qizlar ijodiy jamoani boshqarish uchun ishonli nomzod sifatida ko’rilmagan. Moliyaviy masalalarning ham, suratga olish protsessining ham boshida turish uchun munosib topilmagan”, - deydi Smit.

Istisnolar yo’q emas, albatta. 2010-yilda, masalan, Ketrin Bigelou Iroqdagi askarlar haqida ishlagan filmi uchun eng zo’r rejissyor va eng zo’r film yo’nalishida “Oskar” olgan edi.

O’tgan yili esa Zoi Kazan “Rubi Sparks” nomli romantik komediyasi uchun pul topdi, kino katta e’tibor qozondi.

Janubiy Kaliforniya Universiteti taxminan 50 ijodkor bilan, asosan, ayollar orasida so’rov o’tkazib, muammolar haqida fikr so’radi.

“Ko’p hollarda erkaklar hukmron sarmoya olamining ayol ijodkorga, uning kuchiga ishonishi qiyin. Rejissyor va ssenariychi xotin-qizlar duch keladigan bosh muammolardan biri ham shu”, - deydi Smit.

Badiiy filmlar daromadga ko’z tikkan prodyuserlar va sarmoyadorlar puliga suyanadi. Hujjatli filmlar esa, asosan, notijorat tashkilotlardan yoki mavzuga qiziqib qolgan investorlardan mablag’ oladi. Ayollar aynan hujjatli filmlar uchun pul topishi osonroq.

Ayol rejissyorlarni qo’llab-quvvatlash uchun Sundance instituti moliya izlab topish bo’yicha kurslar taklif qilmoqchi.

“Moliyalash prinsipini tushunish, qayerdan va qanday qilib pul izlashni tushunish, kimningdir eshigini taqillatib borish uchun tajriba, jasorat kerak. Bularni hammasini o’qib-o’rganish mumkin”, - deydi Putnam.

Tadqiqot xulosasi shuki, rejissyor xotin-qizlar Ketrin Bigeou kabi cho’qqiga yetishi uchun mana shunday kurslar, qo’llab-quvvatlovni oshirish kerak.

Your browser doesn’t support HTML5

Mustaqil kino va ayollar/Women in Independent Films