Prezident Obama yaqinda eng kam ish haqini ko’tarishga chaqirdi. Da’vat mehnatkashlar huquqlari haqida qayta-qayta eslatib charchamayotgan faollarni ruhlantirdi. Maosh oshsa, ayniqsa, xotin-qizlarning joni yayrab qoladi, deydi ular.
Qo’shma Shtatlarda faollar eng kam ish haqini oshiring, deb hukumatga kun bermayapti.
Prezident Obama bu fikrga qo’shqo’llab roziman, deydi:
“Eng kam oylikka yashaydigan, ikki farzandi bor oila arang tirikchilik qilayapti. Shu to’g’rimi?”
Amerikada xotin-qizlar jami ishchi kuchining yarmini tashkil etadi. Biroq eng kam maosh oladigan qatlamning yarmidan ko’pi ham ayollar, deydi faol Joan Entmaker.
“Restoranda xizmat qilib yurgan, pishir-kuydir bilan shug’ullanayotgan odamlar. Ishdan ketganingizdan keyin idorani supurib, tozalaydigan, mehmonxonalarni chinniday qiladiganlar. Arzimagan maosh to’lanadigan ish-ku mana shular va ko’pini xotin-qizlar bajaradi”, - deydi Entmaker.
Shu bois eng kam oylik oshadigan bo’lsa, avvalo ayollarning og’iri yengillashadi.
“Muhim-da! Arzimagan ish haqiga yashayotgan odamlarning har uchtasidan ikki nafari xotin-qizlar. Ayollarning ahvoli yaxshilansa, oilalar ham tetiklashadi, farzandlar sog’lomroq yashaydi. Butun boshli iqtisodiyot foyda ko’radi, chunki oilalar ul-bul xarid qilishga ko’proq pul ajratadi”, - deydi Entmaker.
Og’ir iqtisodiy sharoitda ro’zg’or tebratish ayniqsa qiyin. Debra Rot avval maoshi katta joyda ishlar edi. Operatsiyadan keyin joyini yo’qotdi va kam haqqa ham rozi bo’lib ishladi.
“Tajribali mutaxassisman va ko’p narsaga erishganman. Lekin pul kelmay qo’ysa, ertaga nima qilishingizni bilmay qolsangiz, karaxt bir holga tushib qolar ekansiz. Yiqilib, qayta turishga kuch kerak ekan”, - deydi Rot.
Bugun Debra Rot o’z sohasida ishlayapti – Vashingtonda xotin-qizlarga keng imkoniyatlar yaratuvchi idorada kommunikatsiya-axborot uchun mas’ul. Ayollar moliyaviy jihatdan oyoqqa turishiga yordamlashish ahamiyatini binoyiday biladi.
“Har kuni ishdan keyin choychaqani sanab o’tirib, xunob bo’lar edim. Oddiy ijara haqini eplolmay qoldim. Yaxshi maosh to’lanadigan joyga kirish uchun qattiqroq intilishim zarur ekanini tushundim”, - deydi Rot.
Biroq mamlakatda eng kam federal oylik 2009-yildan beri oshmagan.
Your browser doesn’t support HTML5