Vashingtonda tilchi muallimlar arzon, sifatli darslar beradi

Qozog’istonlik Guli Abdigalimova 2010-yilda beri shu tashkilotda qozoq tilini o’qitadi. Kasbi pedagog.

“Global language network” - Jahon tillari tarmog’ida 60 dan ziyod til o’qitiladi va unda xorijliklar dars beradi.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashingtonda Jahon tillari tarmog'i-Nasiba Tohir


Vashingtonda tilchi muallimlarni bir joyga to’plagan va ularni ish bilan ta’minlagan tashkilot bor. “Global language network” - Jahon tillari tarmog’ida 60 dan ziyod til o’qitiladi va unda xorijliklar dars beradi. Muallimlar doim ham diplomli pedagog yoki tilchi emas.

Vashingtondagi bu notijoriy tashkilotda ochiq eshiklar kuni. Dunyo tillarini arzon va sifatli o’qitayotgan yuzlab ko’ngilli muallimlar tili va madaniyatini ko’z-ko’z qilayapti. Bu kun o’qituvchilarga elchixonalar dalda berayapti, kelgan-ketganda o’z tarixini va tilini tanitayapti.

Sakkiz yil oldin tuzilgan bu tashkilot prezidenti Zarko Palankov bilan salomlashamiz:

“O’qituvchilar bizni qidirib keladi. Aksariyati o’zimizda o’qib ketgan talabalar, ularning tanishlari ish so’rab keladi. Bundan tashqari, tashkilotimizni har xil platformalarda hamkorlar orqali, universitetlar orqali targ’ib qilamiz”, - deydi u.

“Global language network” moliyaning 25 foizini xayriyadan oladi. 75 foizi esa kurslardan tushgan pul.

“Kurslar uchun ro’yxatdan o’tish 50 dollar turadi. Undan keyin 150 dollar depozit to’lanadi. Talaba darsga to’liq qatnashsa, 150 dollarni qaytarib beramiz. Bor daromadimiz mana shu. Vashington juda qimmat shahar va til o’rganmoqchi bo’lgan student uchun bizning arzon darslar ayni muddao”, - deydi Zarko Palankov.

Tashkilot Vashington va Virjiniyadagi har xil hamkorlar bilan ishlaydi. Bu hamkorlar darslar uchun sinfxona beradi. Ijara uchun haq talab qilinmaydi.

Muallimlik murakkab kasb va buning uchun ko’nikma, bilim talab qilinadi. O’qituvchilar puxta tanlovdan o’tadi. Jahon tillar tarmog’i sakkiz yildan beri 500 dan ziyod muallimlar yolladi, malakasini oshirdi. Ikki yil oldin muallimlar uchun aspirantura sifat dastur ishlab chiqildi.

“Maqsadimiz eng iste’dodli, o’tkir o’qituvchilarni izlab topish. Avvalo kasbga astoydil berilgan, sodiq insonlarni qidiramiz. Ikkinchidan, odamlar bilan muomala qila olish, yetakchilik qobiliyati bo’lishi kerak. Odam madaniyati va tilini sabr, xohish bilan o’rgata olishi muhim. Bu qobiliyatlar darrov seziladi. Aspirantura davomida esa bu ko’nikmalar yanada charxlanadi, ularga tayyor o’quv dasturi va resurslar beriladi”, - deydi tashkilot prezidenti.

U muallimlarni g’urur bilan sanaydi. Haqiqatan tashkilotning ustuni ular. Ko’pgina odamlar garchi universitetda domlalikka o’qimagan bo’lsa-da, tug’ma muallim. Ochiq eshiklar kunida darslarga kirib tinglash mumkin. Turkiyalik Zeynep Mur eng tajribali muallimlardan.

Rossiyalik Alla Malova yaqinda ishga kirishdi. Vatanida ruslarga ingliz tilidan dars bergan, lekin bu yerda katta sinfda o’ndan ziyod studentlar bilan ishlashga to’g’ri keldi. Joriy semestrda 16 talabasi bor edi. Ba’zilari universitetda o’qiydi, avval ruschani o’rgangan va so’zlashib turish uchun kelishadi. Boshqalari Ukraina va Rossiyada Tinchlik korpusida ishlagan sobiq ko’ngillilar, ular tilni unutmaslik uchun kelishadi.

Qozog’istonlik Guli Abdigalimova 2010-yilda beri shu tashkilotda qozoq tilini o’qitadi. Kasbi pedagog.

Turkiyalik Zeynep Mur eng tajribali muallimlardan


Zarko Palankov eshiklarimiz ochiq – keling, biz yaratgan qulay muhitda dars berib ko’ring, deydi.

“Ba’zida hech o’qituvchilik qilib ko’rmagan odamlar biz bilan ishlab, kasbga mehr qo’yadi va professional muallim bo’lishni maqsad qiladi”, - deydi u.

Melissa Morgant mana shu darslarni kuzatib, baholaydi.

“Masalan, har semetr uch-to’rt sinfni tekshiraman, darslarda o’tirib, muallimning ishi, bolalarning javobini ko’raman. O’sha tilda qanchalik ko’p so’zlashilayapti, qaysi mavzular ko’tarilayapti va hokazo. Grammatika muhim, biroq asosiy diqqat og’zaki nutqda”, - deydi Melissa.

Suhbatdosh Vashington juda baynalmilal shahar ekanini eslatadi. Bu yerda yashayotgan odam har xil tillarni bilgani, madaniyatlardan xabari bo’lgani ma’qul. Chet ellik bilan ko’rishib, o’sha tilda salom bera olsangiz, tarixi, madaniyati haqida bir og’iz gaplasha olsangiz darrov sizni yaqin oladi, sizga bo’lgan hurmati oshadi. Bizning arzon va sifatli kurslar sizga ham Vashingtonda, ham xorijda qo’l keladi, deydi ko’ngilli.

"Global language network" 60 dan ziyod tilni o'qitadi


Tashkilotlar ishlayotgan muallimlar ko’ngilli, bepul ishlaydi. Hammasining asosiy kasbi, kunduzgi ishi bor. Bo’sh vaqtida kelib mana shu yerda yordam beradi, dili yoziladi. Studentlar ham bu dasrlarda miriqib dam oladi, deydi hindistonlik Vivek Gupta:

“O’zim axborot texnologiyasi sohasida ishlayman, hafta davomida charchab ketaman-da, bu yerda darslarga kelib maza qilib dam olaman”, - deydi talaba.

Vivek hozir ispan tilini o’rganayapti. Hind, ingliz tillarida gapiradi.
Hindistondagi ayrim shevalarni ham tushunadi. Tillar, madaniyatlar, xalqlarga qiziqishim juda kuchli bo’lgani uchun iloji boricha ko’proq o’rganmoqchi.

“O’zbek tilini bilmayman, lekin O’zbekiston Hindistonga yaqin mamlakat. Bugun bu davlat haqida eshitib, tomosha qilib xursand bo’ldim”, - deya bo’lishadi Vivek.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashingtondagi til markazida - Global Language Network