“G’azoga qo’shin kiritish nazarda tutilmagan. Amerika soliq to’lovchilari bu ishni moliyalamaydi. Tramp mintaqadagi hamkorlarimiz bilan kelishishini anglatadi bu”, - deydi Oq uy matbuot kotibasi Kerolayn Levit.
AQSh rahbari g’azoliklarni Iordaniya va Misrga ko’chirish g’oyasini ilk bor o’tgan oy ma’lum qildi. Shundan so’ng G’azoni oromgohga aylantirmoqchi.
Prezident Donald Tramp, Eron uni o'ldirsa, AQSh bu davlatni yer bilan yakson qilishini buyurgan. 4-fevral kuni Oq uyda jurnalistlar bilan muloqotda AQSh rahbari shuni ma'lum qildi.
G'azo ahli boshqa joyga ko'chirilishi mumkin, deydi Prezident Tramp, va Qo'shma Shtatlar hududni o'z nazoratiga olish ehtimoli bor.
AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo’yicha maxsus vakili Stiv Uitkof sektorni qayta qurishga 10-15 yilcha vaqt ketishini, ungacha g’azoliklar arab davlatlariga ko’chirilishi kerakligini aytadi
Eronning 2024-yil apreli va oktabrida Isroil harbiy bazalariga qilingan ballistik raketa hujumlari qisman josuslar uzatgan ma’lumot asosida amalga oshirilgani aytiladi.
XAMAS shanba kuni yana uch isroillikni qo’yib yuborishini ma’lum qilarkan, ularning ismlarini oshkor etdi. Kelasi seshanba kuni esa Netanyaxu Vashingtonda Prezident Tramp bilan uchrashishi kutilmoqda.
Isroildagi ayrim tahlilchilar fikricha, Isroil Tramp yordamida Eron yadro dasturini batamom vayron qilishni ko’zda tutmoqda.
Olti haftaga mo’ljallangan sulh doirasida G’azoga kuniga gumanitar yordam ortilgan 600 tagacha yuk mashinasining kirishi mumkin bo’ladi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken so’nggi daqiqadagi tortishuvlarga qaramay, otashkesim yakshanba kundan kuchga kirishini bildirdi.
Prezident Jo Bayden kelishuvni olqishlab, dushanbadan prezidentlikni boshlayotgan Donald Trampga otashkesimga amal qilishni tayinladi. Tramp uning ma’muriyati arab-Isroil aloqalarini yaxshilashga zo’r berishini aytdi.
"Biz tayyorlagan kelishuvga ko’ra garovdagilar ozod etiladi, janglar to’xtaydi, Isroil xavfsizlik bilan ta’minlanadi, falastinliklarga gumanitar yordamni keskin oshiramiz”, - dedi AQSh Prezidenti Jo Bayden.
Ko'proq...