Breaking News

O'shda bahor, Ulug'bek Sokin olgan suratlar

Ko’klamda O’sh ajib tus oladi. Hammayoq ko’m-ko’k, yaqin atrofdagi qorli tog’lar nafasi seziladi. Shahar ko’chalarida an’anaviy supurib-sidirish, tozalash ishlari avjida. Shaharning qoq markazida salobat to’kib turgan Sulaymon Tog’i har mavsumda go'zal. UNESCOning tarixiy meroslar ro’yxatiga kirgan ushbu tabiiy yodgorlik so’nggi yillarda minglab sayohatchilarni o’ziga jalb qilmoqda. Tog’ yonbag’rida oromgohlar va muzey bor. 2010-yilgi ommaviy tartibsizliklar paytida vayron bo’lgan joylarni tiklash ishlari davom etmoqda. Mahalla va mavzelarda qurilish manzarasi… O’sh shahrida ko’zga tashlanadigan yangiliklardan biri bu markaziy ko’chalarda AQSh yordamida o’rnatilgan zamonaviy raqamli svetoforlar. O’tgan yili avtobus bekatlari qayta qurilgan edi. Shaharni kesib o’tgan jo’shqin Oq-Bura daryosi bo’yida paydo bo’lgan yangi ko’cha transport tirbandligini bir oz kamaytirgan. Shahar markaziy maydonida saqlanib qolgan Leninning ulkan haykali odatdagidek yo’l ko’rsatadi. Ammo endi ushbu dohiy o’gitlariga quloq soladiganlar topilsa ham sanoqli… Bahorgi O’sh tiklanish va poklanish yo’lida…

XS
SM
MD
LG