Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, Jurnalistlarni himoya qiluvchi qo’mita, bu hafta o’zining nufuzli Matbuot Erkinligi Xalqaro Mukofotini topshirdi. Sovrindorlaridan biri - Qirg’izistonda bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilgan Azimjon Asqarov.
Ushbu qo’mita va boshqa qator tashkilotlar nazarida, Azimjon Asqarov asossiz sudlangan va begunohligi tan olinib, qo'yib yuborilishi kerak.
Jalol-Obodda faoliyat yuritgan bu o’zbek arbob huquqbuzarlik hollari haqida ma'lumot to'plab, mustaqil axborot vositalariga uzatib turgan, xususan Fergana.ru bilan hamkorlik qilgan.
2010-yilning iyun oyidagi xunrezliklar ketidan hibsga olinib, u Jalol-Obod viloyatining Bozor-Qo'rg'on tumanida bir militsionerning o'limida va bir nechtasiga tan jarohati yetkazganlikda, shuningdek, qurol saqlaganlik, garovga olishga harakat qilganlik va etnik adovat qo'zg'atganlikda aybdor deb topilgan. 2011-yil dekabrida Oliy Sud uning ishini qayta ko'rib chiqib, hukmni o'z kuchida qoldirgan. Asqarov biror aybni tan olmagan.
Mahbus yaqinda BMT Inson huquqlari qo'mitasiga murojaat qilib, adolat talab qilmoqda.
Xalqaro hamjamiyat, jumladan BMT Inson huquqlari kengashi Asqarov adolatsiz qamalganini aytib, uning ozod etilishini talab qilib keladi.
Jurnalistlarni himoya qiluvchi qo’mitaning Markaziy Osiyo bo’yicha xodimi Muzaffar Suleymanov deydiki:
"Tashkilotimiz rahbarlari va xodimlari mukofotni kimga beramiz deb maslahat qilganida, bir necha nomzodni ko’rib chiqdi. Asqarov ishini o’rgangach, bu jurnalist va huquq faoli o’z ishi bilan matbuot va so’z erkinligi yo’lida xizmat qilganiga ishonch hosil qildi. Jiddiy to’siq va tahdidlarga qaramay Asqarov adolat uchun kurashdi, haqiqat dedi, axborot izladi va tarqatdi, Qirg’izistonda inson huquqlari toptalayotgani haqida odamlar bilishi kerak, dedi”.
Qo’mita rahbari Joel Saymon "Amerika Ovozi" bilan suhbatda Azimjon Asqarovning tezda ozod etilishi va mukofotni o’z qo’li bilan olishiga umid bildirdi.
“Qamoqda o’tirgan jurnalistlardan shu narsani yaxshi bilamanki, u yerda odam o’zini butun dunyodan ajralib qo’lgandek sezadi. Hozirda Azimjon Asqarov meni eshityapti deb umid qilaman. Shuni bilsinki, ming-minglab odamlar u haqida qayg’uryapti. Azimjon Asqarovni unutganimiz yo’q, biz uning ozod etilishini kutamiz va irodasini yo’qotmasligini tilaymiz”.
Matbuot Erkinligi Xalqaro Mukofoti har yili dunyo bo'ylab sanoqli jurnalistlarga beriladi. Asqarov qatorida bu yili Braziliya, Xitoy va Liberiyada huquq va adolat uchun kurashgan insonlar ham e'zozlanmoqda.
Xalqaro qo’mitaning Azimjon Asqarov haqidagi maxsus videosini mana bu yerda ingliz tilida tomosha qilish mumkin: http://www.cpj.org/awards/2012/azimjon-askarov-kyrgyzstan.php
Tibet ahli hayotini yoritgan xitoylik jurnalist Dondup Vanchen ham hozirda qamoqda. Mukofot taqdimotida uning rafiqasi qatnashdi.
Joel Saymon bu mukofot orqali qo’mita nafaqat jasoratli jurnalistlarni taqdirlash, balki ularning ozod etilishini hukumatlardan talab qilishga intilayotganini aytadi.
“Qamoqda o’tirgan jurnalistlarni mukofatlashimizning bir sababi shundaki, biz ularning ozod etilishi uchun kurashamiz. Bugun bu yerda 900 odam yig’ilgan ekan, ular orasida eng mashhur jurnalist va muharrirlar bor, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ko’p. Ular orqali biz jurnalistlarni panjara ortiga tashlagan hukumatlarga bunday harakat jazolanadi, demoqchimiz. Ularning xalqaro maydondagi obro’siga putur yetishini aytmoqchimiz. Bizning kurashimiz bois jurnalistlar ozod etilgan hollar bo’lgan”.
2009-yilda mukofot ozarbayjonlik jurnalist Eynulla Fatullyevga nasib qilgan. Ko’p o’tmay rasmiy Bokuga ko’rsatilgan xalqaro bosim natijasida u ozod etilgan va 2011-yilgi marosimda mukofotni o’z qo’li bilan olishga muvaffaq bo’lgan.