Poytaxt Vashingtonda uy-joysiz odamlar ko'p. Shaharda mingdan ziyod boshpanasiz oila bor, deydi rasmiylar. 1800 bola shunday holatda hayot kechirmoqda. Bu raqam 2008-yilda iqtisodiy inqiroz boshlanganidan buyon 75 foizga oshdi. Vaqtincha joy beradigan maxsus yotoqxonalar to'lib ketgan.