Breaking News

AQShda yollanma ona xizmati 120 ming dollar, Xitoydan talab ko’p


Toni Jan yolanma ona yordamida dunyoga kelgan uch farzandi bilan.
Toni Jan yolanma ona yordamida dunyoga kelgan uch farzandi bilan.
Befarzand odamlar ayrim hollarda sog’lom ayol yollab, u orqali bola ko’radi. Xitoyda mana shunday surrogat ona xizmatidan foydalanayotganlar ko’p. Ammo bu qonunga xilof ish. Shu sababdan ular yordamni chet eldan izlaydi. Masalan AQShdagi bizneslarga murojaat qiladi.

Amerika-Xitoy-Yollanma onalar-Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00
Yuklab oling

Shanxaylik Toni va Cherri Janlarning uch farzandi bor. Hammasi AQShda, Kaliforniyada tug’ilgan. Surrogat ona yordamida dunyoga kelgan.

“To’ng’ich qizim uchga kirdi. Egizaklarim esa bir yoshdan oshdi,” - deydi ota.

Xitoyda surrogat ona yordamida bola ko’rish faqat harbiy kasalxonalarda amalga oshiriladi. Toni va Cherri ularga ikki marta murojaat qilgan, lekin urinishlar natija bermagan. So’ngra ular AQShdagi surrogatlik agentligiga murojaat qildi. Kaliforniyalik Amanda bilan shu tariqa tanishdi. Ayol Janlarning uchala farzandini dunyoga keltirgan.

“Nikol tug’ilganida Cherri men bilan tug’ruqxonada edi. Tug’ruqni o’z ko’zi bilan ko’rdi. Nikolning dunyoga kelishiga guvoh bo’ldi. U shunday xursand edi-ki, asti qo’yaverasiz. Ko’zi jiqqa yosh, juda baxtli edi,” – deydi surrogat ona.

Xitoyda Janlarga o’xshagan oilalar juda ko’p. O’tgan yili hukumat “bir oila bir farzand” siyosatini o’z oilasida yagona farzand bo’lgan fuqarolarga nisbatan biroz yumshatdi. Shundan so’ng farzand ko’rolmaydigan ko’pgina oilalar boshqa yo’llarni izlay boshladi. Ammo Sog’liqni saqlash vazirligi aksariyat kasalxonalarda surrogatlik amaliyotini taqiqlagan.

Oqibatda badavlat xitoyliklar Amerikada surrogat ona izlay boshladi. Buning ota-onalar va bolalar uchun ijobiy tarafi shundaki, AQSh Konstitutsiyasiga ko’ra, bu mamlakatda tug’ilgan bola fuqaro bo’lishga haqli. Amerika fuqarosi 21 ga kirganida ota-onasi ham “green card”, ya’ni bu yerda yashash va ishlash huquqini beruvchi hujjat olishi mumkin.

Ko’pgina xitoyliklar farzandining amerikalik yoki yevropalik donor tuxumi yordamida tug’ilishini istaydi. Sun’iy urug’lash orqali bola jinsini ham tanlash mumkin.

Toni Jan Shanxayda o’z klinikasini ochdi, surrogat ona qidirayotgan oialarga yordam beradi. AQShda sog’liqni saqlash tizimi zo’r, shuning uchun ko’plarga aynan bu mamlakatni tanlashni tavsiya etadi.

“Klinikamizga murojaat qilayotganlar kundan-kunga ko’paymoqda,” - deydi Toni Jan.

Surrogatlik narxi 120 ming dollar atrofida. Juda qimmat, ammo bolam Amerikada tug’ilsin degan xitoyliklar bu narxni to’lashga tayyor.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG