Breaking News

Alabamada quldorlik va irqchilikka oid yodgorlik ochildi


Quldorlik davriga oid yangi yodgorlik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

Alabama shtatining Montgomeri shahridagi ikki yarim gektarga yaqin o'tloq tepalik yangi yodgorlikni o'z bag'riga oldi. U AQShda irqiy terrorizm va noqonuniy qatl qurbonlariga bag'ishlangan ilk majmuadir. Yodgorlikka asos solgan guruhning umid qilishicha, ushbu maskan irq haqidagi jamoatchilik qarashlarini o'zgartirishga hissa qo'shadi.

Isoke Femi Meros muzeyining ochilish marosimiga guvoh bo'lish uchun Alabamaga olis Kaliforniyadan keldi. Allaqachon sotib bo'lingan chiptalardan birini qo'lga kiritish uchun uzoq navbatda turdi.

Eng qiyini, deydi u, bu yerdagi narsalarni ifodalashga til ojiz.

"Ko'rganlarim juda og'riqli", - deydi u.

Muzey Montgomeridagi sobiq qullar ombori o'rniga qurilgan. Bu yer bir paytlar AQShdagi qullar savdosining markazi bo'lgan. Muzeydagi ko'rgazmalarda Amerikadagi qora tanlilar boshdan kechirgan azob-uqubatlar aks etgan.

"1880-yildan 1940-yilgacha 5000 qora tanli qatl etilgan", - deydi fuqarolik huquqlari yetakchisi Jessi Jekson.

Jekson muzeyni va uning yaqinida bunyod etilgan Tinchlik va adolat milliy yodgorligini boshidan qo'llab-quvvatlagan faollardan. Majmuada quldorlar qo'lida sudsiz-tergovsiz qatl etilgan insonlar xotirasi yodga olingan.

"Kelib chiqishimizga oid haqiqatga yuzlanishimiz kerak. Biz genotsidni, qulchilikni ko'rgan avlodmiz", - deydi Jekson.

Tadqiqotchi Mark Potok fikricha, irqchilik batamom tugagani yo'q.

"Bu o'lka oqlarniki, ayniqsa, Janubda. Ular o'tmishga ochiq nazar tashlashni istashmaydi", - deydi u.

Potokning aytishicha, irqchilik, nodonlik muzey va yodgorlikka joy bergan shtatda haligacha tarix kitoblariga ko'chmagan.

"Yaqindagina, 15 yil oldin Alabamadagi oqlarning ko'pchiligi shtat konstitutsiyasida irqlar ajratib o'qitiladigan maktablarni saqlab qolish uchun ovoz bergan edi", - deydi u.

Jeksonga ko'ra, o'zgarishlar yo'lidagi eng katta to'siq odamlarning ovoz bera olmayotganida.

"Janubda to'rt million qora tanli ovoz berish uchun ro'yxatga olinmagan", - deydi u.

Yodgorlikda o'tmishning qora kunlarini ko'zdan kechirgan Isoke Femi atrofdagi odamlarni ko'rib kelajakdan umidvor ekanini aytadi.

"Bu ishni qilish uchun chekilgan zahmat, e'tibor va jasorat tahsinga sazovor. Hamma ko'rgani kelyapti, faqat qoralar emas. Ular biror so'z aytmasa ham, Amerikaning tuzalishini istashadi. Yuraklarining erkin bo'lishini xohlashadi", - deydi ayol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG