Breaking News

Rasmiylar: To'rt davlat AQSh saylovlariga aralashish niyatida


Xalqaro hayot: AQSh saylovlariga tashqi aralashuv
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

Prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisiga ko'ra, to'rt davlat AQShning kelgusi saylovlariga aralashishga urinayotgan bo'lishi mumkin.

Razvedka idoralarining aytishicha, 2016-yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashgani shubhasiz. Oraliq saylovlarda bu yana takrorlanishi mumkin, deydi ular.

"Amerikaliklarga aytmoqchi bo'lganimiz shuki, biz tahdid borligini tan olamiz. U haqiqiy va davom etyapti. Amerika xalqi ishona oladigan qonuniy saylov o'tkazish uchun barcha choralarni ishga solamiz", - deydi Milliy razvedka direktori Den Kots.

Rossiyadan tashqari yana uch davlat 2018-yilgi saylov natijalariga ta'sir o'tkazishdan manfaatdor, deydi Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchi Jon Bolton.

"Xitoy, Eron va Shimoliy Koreyaning aralashuvi milliy xavfsizlik uchun yetarli darajada xavotir uyg'otadi. Buning oldini olish choralarini ko'ryapmiz. 2018-yilgi saylov bo'yicha shu to'rt davlatdan eng ko'p xavotirdamiz", - deydi u.

Prezident Donald Tramp "Twitter" orqali bu masalada faqat Rossiyaga e'tibor berish ahmoqlik ekanini aytdi.

Boltonga ko'ra, tashqi aralashuvlarga yo'l qo'ymaslik uchun barcha choralar ishga solinadi.

"Nafaqat saylovlarni, balki AQSh hukumatida va xususiy sektorda kiber amaliyotlarga duchor bo'lishi mumkin bo'lgan, tahdidga moyil tizimlarni himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish men uchun muhim vazifaga aylangan", - deydi Jon Bolton.

Rasmiyga ko'ra, u shu hafta Jenevada rossiyaliklar bilan ko'rishganda saylovga aralashish masalasini yana bir bor ko'taradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG