Breaking News

AQSh kiber-maydonni himoya qiladi


Nyu-Yorkda kiber-xavfsizlikka bag'ishlangan anjuman, 31-iyul, 2018-yil
Nyu-Yorkda kiber-xavfsizlikka bag'ishlangan anjuman, 31-iyul, 2018-yil

AQSh Kongress saylovlariga uch oy qolarkan, qonunchilar, hukumat rasmiylari, xususiy sektor amerikalik saylovchilarni xakerlar va xorij propagandasidan himoya qilishga harakat qilmoqda. Saylovchining fikriga, kimga ovoz berish qaroriga ta’sir qilish ehtimolining mavjudligi aytilmoqda.

Xalqaro hayot - 1-avgust, 2018-yil - AQSh kiber-xavfsizlikni kuchaytirmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

Har ikki asosiy partiyaning Kongressdagi vakillari Rossiyani ikki yil oldin AQSh prezident saylovlariga aralashganlikda ayblab, Amerikaning kibernetik maydonini himoya qilishga chaqirmoqda.

AQSh senatorlari Facebook ijtimoiy sahifasining Amerika siyosatini izdan chiqarishga harakat qilganlikda gumon qilingan 32 ta soxta profilni yopish qarorini olqishladi.

“Gap faqat saylov tizimi yoki shtat saylovchilarini ro’yxatga olish tizimiga hujumdamas, muammo mamlakatni, siyosatchilarni bo’lib qo’yishga qaratilgan harakatlarda”, - deydi Nyu-Gempshir shtatidan senator Jin Shaxin.

Facebook soxta profillarning Rossiyaga aloqadorligini isbotlay olmagan bo’lsa-da, ularning 2016-yilgi saylov paytida Sankt-Peterburg shahridan turib boshqarilgan soxta profillarga o’xshashliklarini topgan. AQSh rasmiylariga ko’ra, Rossiya saylovga turli yo’llar bilan aralashgan.

“Rossiya kiber-josuslik, o’g’irlangan ma’lumotlarni ommaga oshkor qilish, saylovchilarni ro’yxatga olish tizimiga kirishga harakat qilish, onlayn tashviqot va boshqa narsalar bilan shug’ullangan. Razvedka xizmatlarimiz xato qilgani yo’q – bu Rossiyaning ishi edi”, - deydi Ichki xavfsizlik vazirasi Kirsten Nilsen.

O’tgan oy oxirida Nyu-York shahrida o’tgan kiber-xavfsizlik bo’yicha anjumanda qatnashgan Amerika rasmiylari saylov tizimini himoya qilishga va’da berdi.

“Qo’shma Shtatlar hech bir mamlakatning saylovlarimizga aralashishiga yo’l qo’ymaydi. Xoh Rossiya bo’lsin, xoh Xitoy, xoh Eron, Shimoliy Koreya yoki boshqasi”, - dedi Vitse-prezident Mayk Pens.

Unga ko’ra, AQSh kiber-mudofaani yaxshilabgina qolmay, xurujlarga qarshi javob choralarini ham kuchaytiradi.

“Bundan keyin hech bir kiber-hujum javobsiz qolmaydi. Amerika xavfsizligi nafaqat jismoniy dunyoda, balki raqamli dunyoda ham hukmron bo’ladi”, - dedi Pens.

Texnologiya bo’yicha ekspertlarning aytishicha, xakerlarni aniqlash ularning faoliyatini to’xtatmadi.

“Saylovlardan keyin hujumlar yanada kuchaydi, yanada mukammallashdi. Facebook kiber-xavfsizlikni qurol poygasi deb atadi. Bu o’tkinchi emas, bundan keyin kundalik ravishda u bilan to’qnashamiz”, - deydi “Assoshieytid Press” axborot agentligi muxbiri Barbara Ortutay.

Amerika vitse-prezidentiga ko’ra, AQSh kiber-maydoni xavfsizligini ta’minlashda hukumatga xususiy sektor va oddiy fuqarolar yordam berib turishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG