Afg'oniston Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari hamda Milliy xafsizlik xizmatiga ko'ra, afg’on harbiylari orasida talafot soni oshgan.
“So’nggi bir oy ichida 513 nafar harbiy halok bo’lgan, 718 nafari yaralangan”,- deydi Mudofaa vaziri Toriqshoh Bahromiy.
Afg’on harbiylari havo himoyasiga ega emasligi va Tolibonning tundagi hujumlari oshgani talafotlar soni ko’payishiga sabab deya ko'rsatiladi.
Lekin sharhlovchilar nazarida, siyosiy tortishuvlar va zaif boshqaruv - asosiy omil.
Ayni damda Mudofaa vazirligi armiya sonini oshirish uchun katta qadamlar tashlanmoqda, deya qayd etmoqda.
“Hukumat xavfsizlikni ta’minlash uchun jiddiy ishlashi kerak”, - deydi qonunchi Simin Borikzoy.
“Hukumat xalq bilan va xalq hukumat bilan hamkorlik qilsa xavfsizlik ta’minlanadi”,- deydi qonunchi Allohgul Mujohid.
G’azni, Faryob, Faroh va Uruzgon - eng beqaror viloyatlar. G’aznining ko’p hududlari joriy yilning 10-avgust kuni toliblar nazoratiga o’tgan edi. Hukumat boy berilgan hududlarni qaytarib olaman deguncha, shahar vayronaga alantirildi.
Bugungi kunda Faryobning aksar hududlari notinch. Kun sayin davlat nazorati doirasi torayib bormoqda.
Ayrim shahrlovchilar nazarida, hukumat tepasidagi rahbarlar hanuz ham o’zaro ziddiyatlar bilan band. Xavfsizlikni ta’minlash uchun bir yerda o’tirib kelisha olmayapti. Bunday ziddiyatlar vaziyatni yanada izdan chiqarashi tabiiy.
Bu orada Tolibon bilan sulh muzokaralari ketmoqda. AQSh vakillari Bagrom qarorgohida Tolibon vakillari bilan uchrashgan. Lekin toliblar uchrashuv bo’lganini inkor etmoqda.
Moskva ham Afg’oniston sulhiga bag’ishlangan xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqchi. Afg’onistondan borgan delegatsiya bilan muzokaralar boshlagan.
Lekin Afg’oniston Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, muzokaralarda siljishlar bo’lmagan.
Rossiya esa sammitni zudlik bilan o’tkazishga harakat qilmoqda. Moskva bu bilan Afg’onistonda o’z rolini kuchaytirishga urinmoqda, deydi tahlilchilar.
Facebook Forum