Breaking News

Xalqaro Mehnat Tashkiloti O'zbekiston hukumati bilan qanday til topishdi?


Xalqaro Mehnat Tashkilotining Toshkentdagi vakili Yonas Astrup Toshkentda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, 3-sentabr, 2018
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Toshkentdagi vakili Yonas Astrup Toshkentda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, 3-sentabr, 2018

O'zbekistonda paxta terimi boshlanar ekan, "Amerika Ovozi" Xalqaro Mehnat Tashkilotining mamlakatdagi faoliyati bilan tanishdi. BMTning bu organi o'tgan bir yarim yil ichida respublikadagi faoliyatini kuchaytirib, hukumat bilan yaqindan ishlab kelmoqda. Tashkilotning Toshkentdagi vakili Yonas Astrup deydiki, majburiy mehnat muammoni bartaraf etish - asosiy maqsad. Bu kurashda Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) O'zbekiston hukumati bilan bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilmoqda. Astrupni suhbatga tortdik.

XMT-O'zbekiston: hamkorlik ortidagi omillar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:20:40 0:00
ILO-Uzbekistan: Special interview from Tashkent
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:39:57 0:00

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Siz bilan Toshkentda shunday yuzma-yuz o'tirib gaplashishni uch yil oldin tasavvur qilmagan edim. O'shanda xalqaro hamjamiyat XMT O'zbekistonga kirsin va majburiy mehnatga qarshi real kurash boshlansin, degan targ'ibot ketayotgan edi. Huquq tashkilotlari bu kampaniyani olib borayotgan edi. Qanday erishdingiz bunday hamkorlikni yo'lga qo'yishga?

Yonas Astrup, XMT: Haqiqatdan ham bugun shunday normal aloqaga ega ekanimiz ajoyib o'zgarish. O'zbekiston 26 yildan beri XMTga a'zo. Paxta terimini kuzatishni 2013-yilda boshlaganmiz va asosan bolalar mehnati masalasiga e'tibor qaratganmiz. 2015-yildan esa majburiy mehnat muammosi bilan shug'ulla boshladik. Mening asosiy vazifam monitoring loyihasini yuritish. Bu Jahon banki bilan hamkorlikda olib boriladi. Barcha viloyatlar va tumanlardagi vaziyatni o'rganamiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Toshkentda bugun muhim rol o'ynayapsiz. Hukumat bilan eng yaqin hamkor sifatida ko'rinasiz. Chunki, ochig'ini aytish kerak, ko'plab xalqaro tashkilotlar O'zbekistondagi tizim bilan aloqa o'rnatishga qiynaladi. Lekin siz buning yo'lini topgan ko'rinasiz. O'zbekiston hukumati sizdan rozi, sizni maqtab tilga olishadi, sizga ishonishadi. Paxta terimi boshlanar ekan, sizga ulkan umidlar bog'langan. Islohotlar samara berayotganini ko'rsatish uchun sizga tayanishmoqda. Lekin, shuniyam bilamizki, bu shartsiz quvvatlov emas.

Yonas Astrup, XMT: Haqsiz. Birinchidan, XMT nima ekanini tushunish kerak. Bizning BMTning boshqa organlaridan farqimiz shundaki, biz hukumatlar, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari bilan ishlaymiz. Shunday ekan, biz faqat hukumat emas, bir paytning o'zida uch tomon bilan hamkormiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Mustaqillikni qanday ta'minlaysiz?

Butkul mustaqilmiz va hech kim ishimizga aralashmaydi. O'zbekiston hukumati tomonidan bizning monitoringga yoki umuman faoliyatimizga hech qanday to'sqinlik qilinmaydi yoki halaqit berishmaydi.

Yonas Astrup, XMT: Bu nihoyatda muhim. Butkul mustaqilmiz va hech kim ishimizga aralashmaydi. O'zbekiston hukumati tomonidan bizning monitoringga yoki umuman faoliyatimizga hech qanday to'sqinlik qilinmaydi yoki halaqit berishmaydi. Mamlakatda majburiy mehnatga qarshi kadrlar sifatini oshirish bilan mashg'ulmiz. Terimdan oldin bu yili jurnalistlar, prokurorlar, ichki ishlar xodimlari va inson huquqlari himoyachilarini treningdan o'tkazdik.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Treninglar odatiy ishmi yoki aynan O'zbekiston uchun maxsusmi?

Yonas Astrup, XMT: Dunyo bo'ylab olib boramiz. Tajribamizni O'zbekistonda qo'llayapmiz. O'zbekistondagi o'ziga xos tajribani ham boshqa joylarda ishga solsak bo'ladi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'zbekiston hukumati mamlakatdagi vaziyatni tamoman o'ziga xos, boshqa hech bir yer bilan taqqoslab bo'lmaydigan holat deya izohlab kelgan. Boshqa joylar bilan qiyoslamang, biz hech kimga o'xshamaymiz, deb kelishgan. Siz ham shunday qaraysizmi?

Yonas Astrup, XMT: O'zbekistonda hukumat va barcha bilan bu masalani ochiq va to'g'ridan to'g'ri muhokama qilayapmiz. Majburiy mehnat muammosini bartaraf etish kerak degan maqsad yo'lida hamfikrmiz. Hech kim bu muammo emas, demaydi. O'tmishda shunday bo'lgandir, lekin hozir o'zgarish shuki, maqsadlar mushtarak.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Majburiy mehnat muammosini yengish yo'lida O'zbekiston hukumati bilan har jihatdan bir fikrdamiz, deya olasizmi, to'liq ishonch bilan?

Orada tushunmovchilik yoki kelishmovchilik yo'q. Hukumat bilan yaqindan ishlayapmiz.

Yonas Astrup, XMT: 2017-yil bo'yicha va mana 2018-yildagi terim boshlanar ekan, ha, hukumat va XMT bir fikrda, deya olamiz. Orada tushunmovchilik yoki kelishmovchilik yo'q. XMT konvensiyalari, O'zbekiston qonunlari va tartib bo'yicha hech qanday e'tiroz yo'q. Oshkora va yaqindan ishlayapmiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Nohukumat sektordan kim yaqin hamkor sizga?

Yonas Astrup, XMT: Yaxshi savol, chunki biz Mehnat vazirligi, sanoatchilar, kasaba uyushmalari bilan ishlab kelardik. Hozirda esa O'zbekistonda fuqaro jamiyati ham hamkorimiz. Mustaqil faollar bilan ishlayapmiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Hamkorlarni qanday tanlayotganingizni tanqid qilishadi. Ularni qanday tanlaysiz o'zi? Albatta narigi tomon ham siz bilan ishlashni xohlashi kerak. Qanchalik oshkora bu jarayon?

Yonas Astrup, XMT: Juda oshkora ishlaymiz. Hissiyotlar kuchli lekin paxta terimi monitoringini mustaqil, ro'yxatdan o'tmagan huquq himoyachilari bilan olib boramiz. Ular xalqaro mutaxassislar bilan ishlashadi. Hech kimni chetga surmaymiz.

ILO-Uzbekistan: Special interview from Tashkent
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:39:31 0:00

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Yig'ilgan ma'lumot qanday tahlil qilinadi? O'zingiz analiz qilasizmi yoki kimgadir topshirasizmi bu vazifani?

Yonas Astrup, XMT: Juda o'rinli savol, Navbahor. 2018-yilni olsak, 11000 intervyu olib boramiz. O'tgan yili 4000 intervyu qilgan edik.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Deyarli uch baravar ko'p.

Yonas Astrup, XMT: Shunday.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Mamlakat bo'ylab.

Yonas Astrup, XMT: Barcha tuman va viloyatlarda.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Bir paytdami?

Yonas Astrup, XMT: Terim paytida. Bu yili paxtani o'tash jarayonini ham monitoring qildik, may-iyun oylarida. Terim esa sentabr, oktabr va noyabrda. Intervyularning shakli turlicha. XMT xalqaro ekspertlari keladi va dalalarga boradi, yuzma-yuz gaplashadi odamlar bilan. Huquq himoyachilari bilan birgalikda suhbatlar olib boramiz. Bu yil, aytgacha, va kasaba uyushmalari federatsiyasi jarayondan chiqdi. Ular aralashmoqchi emas. Intervyular qachon, qayerda, kim bilan bo'ladi, hech kim oldindan bilmaydi. Tartib shunday.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Hukumat bunga monelik qilmaydimi?

Yonas Astrup, XMT: Aslo.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham?

Yonas Astrup, XMT: Xususan bu vazirlik va boshqalar ham. Hech kim hech narsani yashirishga harakat qilmayapti. 2017-yilda ancha progress bo'ldi, prezidentning BMT minbaridagi nutqidan keyin ayniqsa. Bu yil vaziyat yanada oshkora. Hukumat ishimizga umuman aralashmayapti.

Toshkentdan maxsus: Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:16:43 0:00

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Tanqidchilaridan bor. Masalan, "Paxta kampaniyasi". Ularni sherik deb bilasiz-a?

Yonas Astrup, XMT: Ha, sherikmiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Biz ular bilan gaplashib kelamiz. May oyida delegatsiyasi Toshkentda bo'ldi. Tashrifdan mamnun bo'lishdi. Lekin ular O'zbekistondagi vaziyatni sizchalik ijobiy baholamaydi. Majburiy mehnatdan qutulish uchun hali ancha ishlar qilinishi kerak, qadamlar tashlanishi kerak, deyishadi. Hukumatning ichida, ular nazarida, bu muammoga nisbatan yondashuv bir xil emas.

Hukumat xodimlarini ham, jurnalistlarni ham bu masala bilan shug'ullanishga o'rgatayapmiz.

Yonas Astrup, XMT: "Paxta kampaniyasi" munosabati haqida gapirish mening ishim emas. Lekin ular bilan aloqadamiz. Bu masala bilan shug'ullanishga ular ham haqli. Shu jumladan, faollar va fuqarolar ham. Faqat XMT bu ish bilan mashg'ul bo'lishi kerak, demaymiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Ularni O'zbekiston hukumati bilan hamkorlikka undagansiz, to'g'rimi?

Yonas Astrup, XMT: Albatta. Biz oshkoralik tarafdorimiz va bir yoqadan bosh chiqarishni xohlaymiz. Ishimiz murakkab. Masala murakkab. Shu bois treninglar, izlanish usullari yuzasidan malaka oshirish darslari uyushtirayapmiz. Hukumat xodimlarini ham, jurnalistlarni ham bu masala bilan shug'ullanishga o'rgatayapmiz.

Huquq faollari, ichki ishlar, mehnat bilan bog'liq idoralar, kasaba uyushmalari va tijorat palatasi vakillarini Italiyada malakasini oshirdik. Monitoring bu jarayon. Muammoni yengish kuchli salohiyat talab qiladi. Shu bois qattiq ishlayapmiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Sizning hisobotlaringiz bu yerda katta ahamiyatga ega. O'zbekiston hukumati uni asos sifatida keltirar ekan, majburiy mehnat masalasi hal etildi, degan gaplarni ham eshitamiz.

Yonas Astrup, XMT: Unday emas. Biror odam shunday xulosa qilmoqda, demagan bo'lar edim. Aksincha, bu masalani tan olishadi va undan qutulish uchun qattiq ishlash kerakligini tushunishadi. O'zbek matbuoti ham bu borada ochiq ma'lumotlar bermoqda. Majburiy mehnat faqat paxta bilan bog'liq emasligini ham bilamiz. don't think anybody is saying this is no longer an issue, quite the contrary.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Matbuotda sizning hisobotingiz tafsilotlari unchalik muhokama qilinmaydi. Siz o'tgan yili mamlakat bo'ylab minglab huquqbuzarlik va qonunbuzarlik hollati haqida yozgan edingiz. Ayrimlari ko'rib chiqilgan, qolgani ko'rib chiqilishi kerak. Bu borada mahalliy matbuotda uncha yoritilmadi. Ommaviy axborot vositalari faktlarni tanlab ko'rsatadi. Hukumat bu masalaga qarshi kurashayotgani aytiladi. Hisobotning yoqqan jihatlariga e'tibor berilib, qolgani chetga surilgan, degan tanqid kuchli.

Yonas Astrup, XMT: Hisobotga bunday yondashishga hammaning haqqi bor.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Ularga yoqqan faktlarnigina ishlatishmi? Shunday qilishmoqda ham.

Jonas Astrup, ILO: O'z qarashlarini isbotlash uchun, ha. 2017-yildagi vaziyat haqida har doimgidan ham ko'proq tanqidiy materiallar chiqdi, nazarimizda, mustaqil matbuotda.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Yangi manbalarda.

Yonas Astrup, XMT: 2017-yilda shunday materiallar chiqa boshladi va biz bundan ruhlanib, mana 500 jurnalistni treningdan o'tkazdik. Matbuot xizmatlari xodimlarini ham jurnalistlar bilan ishlashga o'rgatdik.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Bu yil shuning uchun ham katta sinov, jurnalistlar va boshqalar uchun. Say-harakatlarning mevasini ko'rishimiz kerak.

Mustaqil izlanishni yo'lga qo'yish juda muhim. Shu bois treninglar olib borayapmiz. Mutaxassislarning malakasini oshirayapmiz.

Yonas Astrup, XMT: Shunday. Majburiy mehnat masalasini yaxshi yoritgan muxbirlarni mukofotlaymiz. Matbuotga nisbatan ishonch shakllanmoqda. Bu katta o'zgarish. Mavsum oxirida jarayonni izchil yoritgan jurnalistlar va OAVlarni rag'batlantiramiz. Birinchidan, odamlar bu masalalar haqida bilsin. Ikkinchidan, jurnalistlar kuzatuvchi, javobgarlikka tutuvchi tomon sifatida kuchaysin.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": "Paxta kampaniya"sining so'nggi tavsiyalarini ko'rgandirsiz. Ular ham muhim rol o'ynaydi. Kampaniya ancha yutuqqa erishdi. Ularning tavsiyalariga jiddiy qaraysizmi? Real vaziyatdan kelib chiqib berilayaptimi, nazaringizda?

Yonas Astrup, XMT: Men baho bera olmayman.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Sherik sifatida hammi?

Quruq tavsiya bilan muammoni yenga olmaysiz. Shu muhitda ishlash kerak, bevosita shug'ullanish kerak. Mashaqqat shunda.

Yonas Astrup, XMT: Umuman olganda, ko'plab tavsiyalarida jon bor. Lekin quruq tavsiya bilan cheklanmaslik kerak. Bu oson. Quruq tavsiya bilan muammoni yenga olmaysiz. Shu muhitda ishlash kerak, bevosita shug'ullanish kerak. Mashaqqat shunda. Bu juda muhim. Odamlarning yondashuvi o'zgarishi uchun, tizim o'zgarishi uchun mahalliy ravishda qilinadigan ishlar talay.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Bosim ish bermaydi deb ko'p bahs qilgansiz, xususan ijtimoiy tarmoqlarda. Tashqaridan turib aql orgatmang, deb chiqqansiz.

Yonas Astrup, XMT: Bosim o'tkazadigan vaqt ham bo'ladi, o'tkazmay salohiyatni ko'tarish uchun harakat qiladigan vaqt ham bo'ladi. O'zbekiston hukumatining eng yuqori pog'onasidan turib bu muammoga qarshi kurash ketmoqda. Oshkora tarzda. Bunday paytda bosim emas, birga ishlash, o'zgarish qilish harakatidagi tomonni quvvatlash ish beradi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Men o'zim treninglarda qatnashdim, jurnalistlarning malakasini oshirish jarayoniga hissa qo'shdim. Yoshlar kelib qatnashgani ayniqsa tahsinga sazovor. Jonbozlik kuchayganini ko'rdim.

Yonas Astrup, XMT: Siz jurnalistlarni treningdan o'tkazgan mutaxassislardan birisiz. Siz qatori inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" ham qatnashdi. Biz HRW bu yerda ekanidan juda mamnunmiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Demak, siz HRW va agar xohlasa, "Paxta kampaniyasu" bilan ham hamkorlikni kengaytirishga tayyorsiz? Bunday taklifga ochiqsiz, demak?

Yonas Astrup, XMT: Biz bilan ishlamoqchi bo'lgan tomonlarga ochiqmiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Bolalar mehnati, ikki yil oldingi hisobotingizga ko'ra, O'zbekistonda bartaraf etib bo'lindi. Hozir ham shu xulosada qat'iymisiz?

Bolalar yoppasiga paxtaga olib chiqilmayapti. O'tmishda qoldi bu. Albatta, qishloq sharoitida ayrim hollarda bolalar ham dalada ko'rinib qolishi mumkin.

Yonas Astrup, XMT: Bu masalani ko'tarayotganingiz uchun rahmat. Paxta terimida O'zbekistonda bolalar mehnatiga tayanish tizimi endi yo'q. Bolalar yoppasiga paxtaga olib chiqilmayapti. O'tmishda qoldi bu. Albatta, qishloq sharoitida ayrim hollarda bolalar ham dalada ko'rinib qolishi mumkin. Qishloq xo'jaligi sohasi bu borada juda qaltis.

Monitoring orqali huquqbuzarlik hollarini aniqlaganimizda, ularga nisbatan chora ko'rildi. Har bir holat o'rganiladi. Bola bilan gaplashiladi, tekshiriladi, qayta takrorlanmasligini ta'minlash ustida harakat ketadi. Bolalar mehnati, xususan paxta dalalarida, oldingidek tizim bilan chambarchas bog'liq muammo emas.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Bu yildan boshlab paxtaning kilosiga oldingidan ko'proq haq to'lanar ekan. Qancha masalan?

Yonas Astrup, XMT: Yaxshi terimchi o'qituvchi yoki tibbiyot xodimi topgan maosh bilan teng topishi mumkin. Dollarga o'girib, G'arb me'yorlarida qiyoslamang.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Kim belgilaydi? Bandlik va mehnat vazirligimi?

Yonas Astrup, XMT: Moliya vazirligi. Turli omillar, masalan, xom paxta uchun dehqon qancha olayotganiga qarab.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Juda past deb aralashgan bo'larmidingiz?

Yonas Astrup, XMT: Aralasha olmaymiz. Lekin agar minimal maoshdan past bo'lsa, bu borada o'z pozitsiyamizni aytgan bo'lar edik.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Mavsumiy ish bu.

Bu yil paxta terib, o'qituvchi yoki hamshira topgan pulni qilish mumkin.

Yonas Astrup, XMT: Shunday va terimchilar ko'ngilli. Ayniqsa qishloq xotin-qizlari. Ular pul ishlay deb keladi. Paxta terib, oilasini boqadi, tirikchilik qiladi, bolalariga o'quv qurollari xarid qiladi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Butun e'tiboringiz majburiy mehnatda. Bandlik va mehnat bilan bog'liq boshqa muammolarga ham qaraysizmi?

Yonas Astrup, XMT: Prezident va bosh vazir majburiy mehnatning har qanday ko'rinishini yo'qotish haqida gapirmoqda. Qarorlar amaliyoti uchun harakat qilish kerak. Shunga intilish kuchli. Muammolar esa uchrab turishi aniq.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Prezident Mirziyoyev so'zlariga ko'ra, xalq kutmoqda, natijani ko'rishi kerak, islohotlar samarasini sezishi kerak.

Yonas Astrup, XMT: Prezident bosimni ushlab turibdi. Ishlashdan to'xtamang, deyapti. Bu yaxshi. Ochiq va oshkora siyosat.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Realistik yondashuvmi shu?

Prezident bosimni ushlab turibdi. Ishlashdan to'xtamang, deyapti.

Yonas Astrup, XMT: Realistik yondashuv. Siyosiy jihatdan bu muammodan qutulishga bel bog'langan. Qonuniy zamin bo'lishi kerak, tartib bo'ishi kerak. O'zbekiston XMTning 14 konvensiyasiga imzo chekkan. Ular ratifikatsiya qilingan va bosh qomusga ham kiritilgan. Majburiy mehnatga qarshi kurash bir necha vazirlik bilan ishlashni talab qiladi. Hukumat va nohukumat sektor bilan ishlay olish zarur. Hozirda O'zbekistonda majbiriy mehnatga qarshi muvofiqlashtiruvchi kengash bor. Unda vazirliklardan va fuqaro jamiyatidan vakillar bor.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Tanqiddan qo'rqmaysizmi?

O'zbekiston hukumati biz bilan ochiq ishlayapti. Bolalar mehnati va majburiy mehnat muammolaridan butkul qutulish mushtarak maqsadimiz.

Yonas Astrup, XMT: Bemalol. Maqsad majburiy mehnatni yengishmi, demak, sheriklikda ishlasak bo'ladi. Huquq himoyachilari ham bu jarayonning bir qismi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Demak, sizga hamma bilan aloqada turish qiyin emas?

Yonas Astrup, XMT: Hech kim bizga halal bermayapti. Kim bilan gaplashishni xohlasak, gaplashamiz. To'siq yo'q.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Idorangiz kichkinagina ekan. Barcha xodimlar shu yerga sig'adimi?

XMTning 12-14 eksperti monitoring o'tkazish uchun uchib keladi.

Yonas Astrup, XMT: Tashkilotimiz Jenevada katta komandaga ega. Mavsumiy jarayonlar uchun XMTning 12-14 eksperti monitoring o'tkazish uchun uchib keladi. Butun mamlakatda o'z tizimimiz bor. Mahalliy kadrlarni ham ishga solamiz. O'zimiz ham monitoringni kuzatamiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Chet ellik mutaxassislar qanchalik qiynalmay ishlaydi? Ularga ishonch past chunki muloqot cheklangan, birrow kelib ketgan odam nimani ham tushunar edi, deb shubhalanishadi.

Yonas Astrup, XMT: Ishimiz serqirra. Ijtmoiy tarmoqlardamiz. Chetdan ekspert olib kelamiz. Telefonda ham intervyular qilinadi. Har bir viloyatda va tumanda 7000 odamni treningdan o'tkazdik.

Har bir viloyatda va tumanda 7000 odamni treningdan o'tkazdik.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Toshkentga kelishdan oldin O'zbekiston haqida qanchalik bilar edingiz?

Yonas Astrup, XMT: Ayrim narsalarni bilardim xolos.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Ko'plab o'zbeklar O'zbekistonni yaxshi bilmaydi, janob Astrup.

Yonas Astrup, XMT: Baxtimiz, omadimiz bor ekan, biz bu masalani bugun ochiq va bemalol gaplashib o'tiribmiz. Bugungi tarixiy jarayonlar haqida ham ochiq aytish kerak. Bu - bizning vazifamiz.

O'zbekiston: Paxta mavsumida majburiy mehnatga yo'l qo'yilmaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:57:44 0:00

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": 2015-yilda kelganingizda hukumat endigina masalaga tik ko'z bilan qarashni o'rganishga urinayotgan edi.

Yonas Astrup, XMT: Shunday.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Shu bois bu qadar optimistmisiz? Boshqalar ruhlanadi, havas qiladi, o'zgarishlardan ilhomlanadi. Prezidentdan eshitganini maqtaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda sizni kuzatamiz. Siz optimizm urug'ini sochasiz.

Yonas Astrup, XMT: Optimistman, to'g'ri.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Lekin ishontirish oson emas sizni.

Paxta yetishtirish kamaydi. Tavsiyalarimiz inobatga olinmoqda. Shu bois umidga to'lamiz. recommendations.

Yonas Astrup, XMT: To'g'ri qiyin. Lekin o'tgan bir yarim yil ichida hukumatdan bu borada noto'g'ri qadam tashlanmadi. O'qituvchlar, hamshira va shifokorlar ishi bilan band. Paxta yetishtirish kamaydi. Tavsiyalarimiz inobatga olinmoqda. Shu bois umidga to'lamiz. Tashqarida bo'lsangiz, biz ichida yurgan manzarani ilg'ash qiyin. Shu bois dunyodagi barcha tegishli tomonlarga biz o'zimiz ma'lumot beramiz. Ular bizga tayanadi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Ichkarida yurganlar odatda bizga hamma narsa ayon, deyishadi. Oldinga qadam tashlash davom etayotgandek. Tashqi dunyo fikrini jiddiy qabul qilishadi lekin ular nazarida siz O'zbekistondagi haqiqatni to'liq biImaysiz. Ular ham qo'lidagi ma'lumoti hisobga olinishini istashadi.

Hukumat bu borada o'z qarorlarini amalga oshirayotganiga guvohmiz.

Yonas Astrup, XMT: Tashqaridan kelayotgan fikrlarni hurmat qilaman. Ularni eshitamiz, mushohada qilamiz. Lekin ichkaridagi o'zgarishlarni seza olish zarur. Hukumat bu borada o'z qarorlarini amalga oshirayotganiga guvohmiz. Tumanma-tuman ish ko'p. Majburiy mehnatga qarshi qarorlar amaliyoti mana shu yerlarda tinimsiz mehnat talab etadi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Omad sizga! Rahmat!

Yonas Astrup, XMT: Sizga rahmat! Siz bilan gaplashish imkoniyatidan mamnunman.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG