Breaking News

BMT: Afg'oniston - bolalar uchun eng xavfli o'lka


Kobul kasalxonalarida
Kobul kasalxonalarida

Besh yildirki, Afg'oniston muntazam ravishda bolalar uchun eng xavfli mamlakat bo'lib qolmoqda. BMTning yosh va qurolli mojarolar haqidagi hisobotida Afg'oniston shunday ta'riflanadi.

2019-yilda Afg'onistonda 3000 bola o'ldirilgan - janglarda, portlashlarda va xurujlarda.

1200 hollarda Tolibon aybdor sanaladi, qolganida esa hukumat, armiya va boshqa kuchlar.

“O'tgan yili saylovlar bilan bog'liq nizolar ko'p bo'ldi. Ularda ham bolalar halok bo'ldi", - deydi Virjiniya Gamba, BMT hisobotini taqdim etgan maxsus vakil.

2018-yilda bundan ham ko'proq bola nobud bo'lgan edi.

“Tinchlik muzokaralari muhokamada ekan, nisbatan barqarorlik kuzatilayotgan ekan, bu yili bolalar va oilalar uchun tinchroq kechadi deya umid qilamiz", - deydi Gamba.

Suriya va Yaman bolalar o'limi bo'yicha ikkinchi va uchinchi o'rinlarda.

Suriyada o'lganlar 1 ming 454 nafar, Yamanda esa 1 ming 400. Maktablarga hujumlar, bolalar boradigan dargohlarda portlashlar, aholi nishonga olinishi - yosh avlodni shu kabi harakatlar qirmoqda.

Bu ikki davlatdagi holatda tomonlarni quvvatlovchi Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Rossiya ham ayblanadi.

BMTga ko'ra, Afrikada Burkina Faso va Kamerunda bolalar uchun vaziyat nihoyatda og'ir. Osiyoda esa eng dahshatli holat Myanmada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG