Breaking News

Pandemiya davrida musulmonlarga halol taom ulashilmoqda


Musulmonlar uchun halol taom dasturi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

Pandemiya tufayli AQShda oziq-ovqat va restoran bizneslari katta zarar ko’rdi. O’z ishini boy bergan ikki oshpaz hozir Virjiniyada musulmonlar uchun taom tayyorlamoqda. Oziq-ovqat bo’yicha o’ziga xos talabga ega musulmonlarga ko’maklashish uchun maxsus oziq-ovqat sinov dasturi tashkil etildi.

Koronavirus pandemiyasi ko’plab amerikaliklar uchun og’ir kechmoqda.

Musulmonlar uchun yanada qiyin. Chunki yordam dasturlari asosida tarqatilayotgan har qanday taomni ular iste’mol qila olmaydi.

Virjiniyaning Feyrfeks okrugida ular uchun alohida dastur yo’lga qo’yildi.

“Barcha uchun bir xil yordam ko’rsatishni xohlaymiz. Oziq-ovqati yo’q odamlarga taom ulashish, ishshizlarni ish bilan ta’minlash muhim. Koronavurus paytida barchamiz yagona guruh sifatida qiynalyapmiz”, - deydi okrug rasmiysi Brayn Hill.

Yaqin Sharq taomlarini pishirishga ixtisoslashgan ikki oshpaz musulmonlar uchun halol taom tayyorlanadigan dasturga ko’mak bermoqda. Ularning har ikkisi pandemiya tufayli o’z ishini yo’qotgan.

“Koronavirus boshlanishi bilan men va sherigim Vashingtondagi ishimizdan ayrildik. Bir necha kun ish qidirdik va shu dastur bizga ma’qul keldi”, - deydi Shelbi Makkeron.

Bu yerda oshpazlar taom tayyorlashi uchun barcha sharoitlar bor. Musulmonlar uchun ovqat tayyorlayotgan oshpazlarga joyni “Frontier Kitchen” tashkiloti taqdim etdi.

“Bu joy o’z ishini davom ettirishni xohlagan ko’plab bizneslar uchun ayni muddao. Restoranlari bor, lekin u yerda ishlay olmayotganlar bu yerga kelib ishlashni, ovqat tayyorlashni davom ettiryapti”, - deydi “Frontier Kitchen” asoschilaridan biri Kassidi Jeyms.

Dastur asosida musulmonlar go’shtsiz yoki halol go’shtli taomlardan birini tanlashi mumkin. Shahar rasmiysi Daun Taymenga ko’ra, sinov tariqasida tashkil etilgan dastur keng jamoatchilikka xizmat ko’rsatmoqda.

“O’rganish asosida bildikki, musulmonlarda halol taomga ehtiyoj katta. Ko’proq hafta ichida tarqatyapmiz, hafta oxirida uncha ehtiyoj yo’q. Shunga qarab moslashyapmiz”, - deydi u.

Ko’chma ovqat biznesiga ega Iymon Habib pandemiya davrida daromadining 70 foizini boy berdi. Yangi dastur asosida u ishini yana davom ettiryapti.

“Bu dastur menga nafaqat yordam berdi, balki biznes egasi sifatida ishini yo’qotgan odamlarni qayta ishga olishimga ko’maklashdi. Shu dastur uchun baqlava, non pishirayotgan odamlarga yordam beryapman. Bundan hamma foyda ko’ryapti”. – deydi Iymon.

Bu oshpazlar har hafta 250 oila uchun ovqat tayyorlaydi. Nafaqat oila uchun ovqatlar, balki do’konlardan sotib olingan boshqa ozuqa mahsulotlari ham tarqatiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG