Breaking News

Kanada O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini quvvatlaydi


Kanada parlamenti binosi, Ottava
Kanada parlamenti binosi, Ottava

Shu kunlarda O'zbekiston-Kanada aloqalari faollashgan. O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Kanada bilan munosabatlarga ham mas'ul. Vahobov sal oldin Ottavada bo'lib muzokaralar o'tkazgan edi. Bu hafta Vashingtondagi elchixona va Kanada parlamenti orasida muloqot kechgan.

Reychel Bendayan, Kanada Qonunchilik palatasining liberal a'zosi hamda Kichik bizneslar, eksport masalalari va xalqaro tijorat vazirligiga parlamentdan turib kotiblik qiluvchi siyosatchiga ko'ra, uning davlati O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini quvvatlaydi va bu borada ko'maklashadi.

O'zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov va Kanada parlamenti a'zosi Reychel Bendayan onlayn muloqotda
O'zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov va Kanada parlamenti a'zosi Reychel Bendayan onlayn muloqotda

Kanada va O'zbekiston orasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish haqida gap ketgan. Kanada respublika bilan qishloq xo'jaligi, konchilik, mashinasozlik va turizm sohalarida yaqindan ishlamoqchi. Parlamentlararo hamkorlik yo'lga qo'yiladi va ikki davlat orasida rasmiy safarlar va almashinuv jadallashishi kutilmoqda.

O'zbekistonda Kanada elchixonasi yo'q. Yaqin kelajakda ochilishi ehtimolini rasmiylar inkor etmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG