Breaking News

AQSh rahbari va rafiqasida koronavirus aniqlandi


Prezident Donald Trampning yarim kechada Oq uydan qilgan tvitiga ko'ra, u va turmush o'rtog'i Melaniya Trampda koronavirus aniqlangan.

74 yoshli rahbar bu kasallik eng katta xavf soladigan toifaga kiradi. 3-noyabrdagi saylov oldidan prezident va rafiqasi karantinda bo'ladi.

Tramp virusni "birga yengamiz", deydi.

Prezident shifokori Shon Konli bergan bayonotga ko'ra, har ikkalasining ahvoli yaxshi, jiddiy xavotirga hojat yo'q.

Trampning yaqin yordamchisi Houp Hiks ham virusni yuqtirgan.

Test javobi chiqishidan oldin prezidentni ko'rganlar unda kasallik alomatlarini sezmagan. Biroq Tramp oxirgi intervyularida bunday ehtimol borligini va agar virus aniqlansa, muolaja uchun tayyor ekanini aytgan.

Hozirgacha Amerikada pandemiya 200 mingdan oshiq insonni hayotdan olib ketdi. Yetti milliondan ziyod amerikalik unga mubtalo bo'ldi. Aksariyati tuzalib ketgan.

Trampning o'zi bu kasallik tahdidini oylar davomida past deb baholab keldi va yaqindan beri niqob taqa boshlagan edi. Hamma niqobda yursin, degan fikrga qo'shilmay kelayotgan edi.

Uning demokrat raqibi Jo Bayden saylov kampaniyasini asosan virtual shaklda olib bormoqda. 77 yoshli sobiq vitse-prezident niqob taqish majburiyat bo'lishi kerak deya ishonadi.

Prezident Tramp va rafiqasi Melaniya Trampning ahvoli yuzasidan ularning shifokori Shon Konli tomonidan bayonot
Prezident Tramp va rafiqasi Melaniya Trampning ahvoli yuzasidan ularning shifokori Shon Konli tomonidan bayonot

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG