Breaking News

AQSh homilador migrantlarni hibsda saqlamaydi


Texas shtatida yordam kutayotgan migrantlar
Texas shtatida yordam kutayotgan migrantlar

AQShda homilador, emizakli va yaqinda ko'zi yorigan hujjatsiz immigrantlarni hibsga olinmaydi. Bayden ma'muriyati bu borada e'lon qildi.

2017-yilda Tramp ma'muriyati noqonuniy migrantlarga nisbatan chora ko'rishda bunday insonlar ham ushlanadi, deb qaror qilgan edi.

Hukumatga ko'ra, ayrim hollarda bolali va homilador ayollar qamoqda saqlanishi mumkin, agar jinoyatlarda ayblangan bo'lsa.

Obama ma'muriyati ham shunday choralar ko'rgan edi. Hujjatsiz migrantlar qonun oldida javob berishi kerak, deydi rasmiylar, lekin yondashuv gumanitar bo'ladi.

Huquq tashkilotlari hukumatning bu qarorini olqishlamoqda, ammo boshpana so'rayotganlarga munosabat yaxshilanishi va ular bilan ishlaydigan tizim isloh qilinishi kerak, deydi faollar.

Immigratsiya xizmati noqonuniy muhojirlarni tekshirganida tibbiy ko'rik ham o'tkaziladi. Unda homiladorligi aniqlangan ayol endi qo'yib yuborilishi kerak, agar unga nisbatan jinoiy ayblov qo'yilmagan bo'lsa. Hujjatsiz yurgani bunga kirmaydi.

2022-yildan boshlab, Bayden ma'muriyati bu boradagi choralarni mustahkamlashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG