Breaking News

Afg'on harbiy havo vositalari va zobitlari O'zbekistonga o'tganmi?


14-15-avgust kunlari O‘zbekiston havo hududidan noqonuniy o‘tgan 22 afg'on harbiy samolyoti va 24 ta harbiy vertolyoti ichida 585 odam bilan majburiy ravishda Termiz xalqaro aeroportiga qo‘ndirilgan. 16-avgust kuni respublika Bosh prokuraturasi bu voqealarni tasdiqlovchi bayonot berdi. Sal o'tmay, bu ma'lumot "Telegram" kanalidan o'chirildi. Keyinroq berilgan izohga ko'ra, bayonot "oxirigacha aniqlashtirilmay, mutasaddi idoralarning rasmiy tekshirilgan ma’lumotlariga tayanmagan holda chiqarilgan." Xo'sh, aynan qay qismi noto'g'ri edi? Afg'onlarning sonimi? Samolyot va vertolyotlar qo'ndirilmaganmi? O'zbekiston hududida ikki davlat havo vositalari bir-biriga urilib ketmaganmi? Toshkentda biror idora lom-mim demaydi.

Dastlabki bayonotda qayd etilgan ediki, Afg‘onistonning 3 ta “Embraer-314” rusumli harbiy samolyoti 15-avgust kuni Qarshi shahridagi “Xonobod” aeroportiga qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan. Ular Termiz aeroportiga qo‘nish to‘g‘risida ogohlantirilgan va ular O‘zbekistonning 2 ta “MIG-29” rusumli harbiy samolyotlari tomonidan kuzatuvga olingan. Bu jarayonda ikki davlat samolyotlari to‘qnashib ketgan. Ular Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan. Uchuvchilari parashyut orqali yerga tushgan.

Shuningdek, Bosh prokuraturaning hozirda qaytib olingan bayonotiga ko'ra, kecha Afg'onistonning 158 fuqarosi va qurollangan harbiy xizmatchilari chegarani noqonuniy kesib, Termiz tumani hududiga o'tgan.

Bu voqealar yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Bosh prokuratura boshqa detallar bermagan.

Kecha Tashqi ishlar vazirligi 14-avgust kuni 84 afg'on harbiy mamlakatga kirgani, ular vaqtincha ushlab turilgani va vatanga qaytarilishi haqida ma'lum qilgan edi.

Yuqoridagi bayonotlar o'tgan ikki kun ichida O'zbekistonda 900 ga yaqin afg'on kirganini anglatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG