Breaking News

AQSh ittifoqchi davlatlar bilan Afg'onistonni muhokama qiladi


Davlat kotibi Entoni Blinken
Davlat kotibi Entoni Blinken

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Afg’onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun Qatar va Germaniyaga yo’l olmoqda.

Bosh diplomat afg’on qochqinlarini evakuatsiya qilishda muhim rol o’ynagan Qatarga minnatdorchilik bildiradi, Germaniyada AQSh askarlari va afg’on qochqinlari bilan ko’rishadi.

Shuningdek, Entoni Blinken va Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas 20 davlat vazirlari bilan virtual majlisga boshchilik qiladi. Blinkenga ko’ra, bu davlatlarning bari “afg’onlarni ko’chirish va joylashtirish, Tolibon o’z va’dalarini bajarishini ta’minlashdan manfaatdor”.

Toliblar mamlakatni tark etish istagida bo’lgan afg’onlarga yo’l ochib berishga va’da bergan, ammo aksar afg’onlar bunga ishonmaydi.

Blinken AQShning Afg’onistonda missiyani tugatish qarorini yana bir bor himoya qildi. Mamlakatda qolgan oz sonli amerikaliklar bilan aloqadamiz, deydi u.

“Doxada yangi guruhimiz ishga tushgan. Afg’onistondagi har bir amerikalik ishi bilan shug’ullanuvchi shaxslar tayinlangan”, - deydi diplomat.

Uning aytishicha, Davlat departamenti evakuatsiya paytida Afg’onistondagi amerikaliklarga 19 marta murojaat qilgan. Ularning aksariyati ikki fuqarolikka ega va ketish-ketmaslik to’g’risida ikkilanmoqda.

Afg'oniston yangiliklari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:12 0:00

Tolibon Kobulni bosib olganidan so’ng evakuatsiya qanday kechgani respublikachi qonunchilar va huquq tashkilotlari tomonidan tanqidga uchradi. Amerikaning oxirgi samolyoti va askarlari 30-avgust kuni Afg’onistonni tark etgan. Taxminan 200 amerikalik va urushda AQShga yordam bergan ayrim afg’onlar mamlakatda qolgan.

AQSh Mudofaa Lloyd Ostin ham Fors ko’rfazidagi ittifoqchi davlatlarga evakuatsiya bo’yicha ko’magi uchun minnatdorchilik bildirish uchun safarga otlanmoqda. U Qatar, Bahrayn, Quvayt va Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi.

Qatar Kobul xalqaro aeroportini qayta ishga tushirishga ko’maklashmoqda.

“Yaqin orada aeroport ish boshlashiga umid qilyapmiz”, - deydi Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon al-Tani.

Vazir Tolibonni “afg’onistonliklarning xavfsiz va erkin harakatlanishini ta’minlash uchun o’z majburiyatlarini namoyish etishga” chaqirdi.

Tolibon bilan yaqin aloqalarga ega Qatar Afg’onistondan minglab odamni ko’chirishda yetakchi rol o’ynagan mamlakatlardan biridir.

Abdulrahmon al-Taniga ko’ra, Qatar yirik davlatlar bilan Kobul aeroportida tijoriy parvozlarni davom ettirish to’g’risida muzokara qilmoqda. Aviakompaniyalar bunga rozi bo’ladimi, yo’qmi, noma’lum.

Afg’onistonning “Ariana havo yo’llari” kelasi hafta ichki reyslarni boshlashi kutilmoqda.

Qatar va Turkiyadan bir guruh texnik xodimlar aeroportni ochishda ko’maklashish uchun shu hafta Kobulga yetib keldi. Xohlaganlar mamlakatni tark etishi va mamlakatga gumanitar yordam yetkazilishi uchun parvozlar muhim deya ko’rilmoqda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 12-sentabr kuni Afg’oniston ehtiyojlariga bag’ishlangan yuqori darajadagi konferensiyaga boshchilik qiladi. Afg’onistondagi 38 million aholining qariyb yarmi gumanitar yordamga muhtoj.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG