Breaking News

Dushanbedagi afg'on maktabi yordamga muhtoj


Dushanbedagi afg'on maktabida 400 bola o'qiydi
Dushanbedagi afg'on maktabida 400 bola o'qiydi

Tojikistondagi afg’on maktabi Kobuldagi oldingi hukumat tomonidan ochilgan edi, Dushanbedagi afg’on fuqarolar uchun. Hozir esa unga moliya to’xtagan. Kelajak mavhum.

“Afg’onistondan besh avtobus kutayotgan edik. Mozori Sharifda qolib ketdi”, - deydi Mirjamil Faxrizoda, direktor muovini. “Bolalar maktabga qatnay olishi uchun transport kerak. Darsliklar kerak. Vatandan keltira olmayapmiz”.

Maktab binosi ijaraga olingan. Bir o’quvchi hozirda oyiga 13 dollar to’laydi. Qochqinlar uchun katta xarajat.

Dushanbedagi afg'on maktabidagi xavotirlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:54 0:00

“Maktabga nima bo’ladi, bilmayman. Hozircha hammasi joyida, deyishyapti. Xudo madadkor. Afg’onistonlik yosh avlod ilmsiz qolib ketmasin”, - deydi Abdulqosim Yusufiy ismli qochqin.

Afg’oniston elchisi Muhammad Zohir Ag’bor masalaga e’tibor qaratmoqda. Lekin u eski tuzumning odami.

“Ko’plab afg’onlar ishli, bizneslari bor, ular mana yordam berib kelayapti. Ijara – jiddiy masala. Yordam berishga harakat qilamiz. Afg’on bolalari uchun bu maktab ochiq turishi kerak”, - deydi Ag’bor.

Maktabda 400 o’quvchi bor. Darslar davom etmoqda. Ammo bularning hammasi yo'qqa chiqishi mumkin, degan xavotir hukmron.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG