Breaking News

O'tgan besh yilda Mirziyoyev bergan va'dalarning qanchasi bajarildi?


Mirziyoyevni olqishlagan faollar bugun taassufda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:15:15 0:00

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt aholisi bilan uchrashdi. Toshkentdagi mahallalarga 10 milliard so’mdan tarqatish, “Yangi Toshkent” loyihasini amalga oshirish, yangi oliy o’quv yurtlari ochish, talabalar sonini yarim millionga yetkazish, ularga har oy 5 GB dan bepul, besh barobar tezroq ishlaydigan internet tarqatish va’dalari bilan kuzatilgan bu uchrashuv ikkinchi muddatga saylanishga hozirlanayotgan Mirziyoyevning saylov doirasidagi so’nggi uchrashuvi deyish mumkin.

Saylov arafasida turgan o’zbekistonliklar nomzodlarning, har holda g’oliblikka asosiy da’vogarning va’dalari bilan tanishib bo’ldi.

Mirziyoyevning mamlakat bo’ylab o’tkazgan uchrashuvlarida bergan va’dalarini tafsilotlash ancha qiyin. Ammo umumiy jihati - ijtimoiy adolat, yordam, moddiy ko’mak, tadbirkorlarga imkoniyatlar, yangi ish o’rinlari yaratish, ta’lim va tibbiyot sifatini yaxshilash.

Diqqat qilinsa, bu va’dalar Shavkat Mirziyoyevning birinchi muddatida berilgan va’dalarga juda o’xshash. Uning avvalgi va hozirgi va’dalari orasidagi o’xshashliklarni tushunish mumkindir, ammo Mirziyoyevning birinchi muddatdagi boshqaruvi ortidan prezidentdan hafsalasi pir bo’lgan faollar kam emas.

Ularning ayrimlari o’z vaqtida prezidentlikka dastlab nomzodini qo’ygan Shavkat Mirziyoyevni faol qo’llab-quvvatlashgan. Nafaqat o’zlari, balki oila a’zolari, tanish-bilishlarini ham Mirziyoyev uchun ovoz berishga undashgan.

Bugun ularning hafsalasi pir va, aksincha, saylov va’dalariga ishonmaslikka chaqirishyapti.

“Ko’zgu” nashri muharriri, bloger Abduqodir Mo’minov Mirziyoyevning dastlab hokimiyatga kelishini olqishlar bilan, ikkinchi muddatga borayotganini esa jiddiy xavotirlar bilan kutib olayotgan faollardan biridir.

Mo’minovning “Amerika Ovozi” bilan suhbatda aytishicha, hokimiyatga kelgan islohotchi Mirziyoyev va bugun ikkinchi muddatga borayotgan Prezident Mirziyoyev o’rtasida jiddiy farqlar mavjud.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG