Breaking News

Pandemiya: Emlanganlik haqida soxta hujjatlar


Amerikada odamlar emlanganida vaksina olganini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Qo’lda to’ldirilgan qog’ozda vaksina olgan shaxsning ism-sharifi, tug’ilgan sanasi, vaksina turi, dozasi va seriya nomeri ko’rsatilgan.

Emlangani haqida hujjat talab qilingan joylarda ko’pchilik mana shu qog’ozni taqdim etadi. Soxta kartalar ham ko’paymoqda.

“2021-yilning boshlarida soxta kartalar haqida kuniga 5-6 ta shikoyat kelib tushayotgan edi, hozir esa 20-25 ta shikoyat bo’lyapti”, - deydi Bledsou.

Emlanganlik haqida soxta hujjatlar ko’paymoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00

Sog'liqni saqlash vazirligiga ko'ra, u ma’lumotnoma o’rnida beriladi, firibgarlikdan himoya qilish uchun emas.

“Karta shaxsning emlanganini isbotlash uchun emlovchi va bemor o’rtasidagi kommunikatsiya vositasi sifatida beriladi. Eslatma sifatida ham, ikkinchi dozasini olish kerakligini bildirish uchun”, - deydi vazirlik vakili Ayzek Bledsou.

Kiberxavfsizlik mutaxassislariga ko’ra, soxta karta taklif qiluvchilar bunday qalbaki hujjatlarni tobora ochiqchasiga tarqatyapti.

“Ular bunday kartalarni sotish uchun “Facebook”, “Instagram”, “Telegram” va “WhatsApp”dan foydalanmoqda”, - deydi Internetda xavfsizlik koalitsiyasi tashkiloti vakili Erik Feynberg.

Ba’zi saytlarda qalbaki hujjat sotib olayotganlar hatto suratlarini namoyish etmoqda. Tashkilot vakillari firibgarlar bilan bog’lanib, soxta hujjat sotib olishlarini aytgan. Firibgarlar uzoq kuttirmagan. Mamlakatning istalgan nuqtasiga yetkazib berishlarini bildirgan.

Hukumat federal ishchilarga vaksinani majburiy qilgandan so’ng soxta hujjatga talab yanada oshdi.

“Soxta vaksina kartalarini sotuvchilar 10 barobarga oshdi. Avgustda 1000 ta bo’lgan bo’lsa, hozir 10 mingtaga chiqdi”, - deydi “Check Point Software Technologies” tashkiloti mutaxassisi Brayn Linder.

Tashkilot vakillarining aytishicha, emlanganlik statusini aniqlash uchun yagona federal vaksinatsiya ma'lumotlar bazasi hamda raqamli kartalarni shakllantirish lozim. Yevropada bunday tajriba allaqachon yo’lga qo’yilgan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG