Breaking News

Ukraina urushi Turkiya dron sanoatiga tahdid solmoqda


Turkiyaning "Bayraktar" droni Ukrainada namoyish qilinmoqda, Kiyev, 2021-yil, 20-avgust.
Turkiyaning "Bayraktar" droni Ukrainada namoyish qilinmoqda, Kiyev, 2021-yil, 20-avgust.

Turkiyada ishlab chiqarilgan uchuvchisiz dronlar Ukrainaning Rossiya bosqiniga qarshi kurashida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular urushning dastlabki bir necha haftasida Rossiyaning muhim nishonlarini yo'q qilishga erishdi. Agar Rossiya Ukrainani bosib olsa, Ukraina dvigatellariga tayanadigan Turkiyaning tez rivojlanayotgan uchuvchisiz samolyotlar sanoati kelajagi xavf ostida qolishi mumkin.

Ukraina harbiylari tomonidan e’lon qilingan videolarda Turkiyada ishlab chiqarilgan “Bayraktar” drone operatorlarning olqishlari ostida Rossiya tankini yo’q qilayotgani aks etgan.

"Rossiya Bayraktarning nafaqat sobiq sovet hududida, balki jahon bo’ylab yuqori raqobatbardosh qurol va texnologiya sifatida ko‘radi. Ruslar uning sobiq Sovet makoniga, Kavkaz va Markaziy Osiyoga, hozir esa Ukrainaga kirib borayotganidan xavotirda. Shunday qilib, agar rossiyaliklar muzokaralarda to’liq o’z shartlarini qo’yadigan bo’lsa, Turkiyaning ba'zi texnologiyalarda o'sib borayotgan qudratini kamaytirish uchun Ukrainaning Turkiya bilan harbiy hamkorligini cheklashga harakat qilishlari mumkin", - deydi tahlilchi Samuel Bennet.

Ukraina Turkiyaga o’z dvigetillaridan foydalanishga ruxsat bergan va turk kompaniyalarining o’z mahsulotlarini uchinchi tomonga sotishiga cheklovlar qo'ymagan. Turkiyaning uchuvchisiz uchoqlaridan Efiopiyadagi fuqarolar urushi kabi mojarolarda foydalanilgani huquq tashkilotlarining noroziligiga sabab bo’ldi.

Janubiy Daniya universitetining urush tadqiqotlari kafedrasi dotsenti Jeyms Rojersning aytishicha, agar turklar bunday dvigatelni G'arbdan olsa, ularni kimga sotish bo’yicha to’liq erkinlikka ega bo’lmaydi.

“Buyuk Britaniya, Yevropa yoki Amerika yetkazib beruvchilari bilan ishlashda koʻproq cheklovlar mavjud va Turkiya buni albatta yaxshi biladi. Bilamizki, Qo'shma Shtatlar butun dunyo bo'ylab dronlar va dron elementlarini sotishda ehtiyot bo’ladi. Bu Turkiya o'zining mahalliy dron dasturini boshlaganining sabablaridan biri edi, chunki Kongress “Reaper-Predator” dronlarining Turkiyaga sotilishini ma'qullamagan", - deydi u.

Joriy yilning boshida turk harbiy vertolyotlari boʻyicha Pokiston bilan imzolangan kelishuv Vashingtonning Amerika dvigatellaridan foydalanishga qoʻygan cheklovlari tufayli barbod boʻlgan edi. Bundan tashqari, Anqara Rossiyadan “S-400” raketaga qarshi mudofaa tizimini sotib olgani sababli AQSh Turkiyaga harbiy qismlar yetkazib berishni yanada qiyinlashtirdi.

Anqara Ukrainani qoʻllab-quvvatlagani uchun Vashington tomonidan olqishlangan boʻlsa-da, Tashqi siyosat tadqiqot instituti tadqiqot direktori Aaron Shtaynning aytishicha, Vashingtonning Turkiyaga nisbatan pozitsiyasida jiddiy oʻzgarishlar yuz berishi kutilmayapti.

"Bir tomondan, Turkiya AQSh uchun g’anim. U ortiq ittifoqchi emas, dushman. Demak, biz unga shunday munosabatda bo'lishimiz kerak. Ikkinchi tomondan esa, biz Turkiyani noto'g'ri tushunamiz va unga ko’proq e’tibor berishimiz kerak. Chunki bu juda muhim. Hukumat shu pozitsiyalarning qayerdadir oʻrtasida. Hozirgi voqealar har ikki tomonning pozitsiyasini mustahkamlaydi”, - deydi Shtayn.

Ukraina dvigatellariga muqobil boshqa manbani topish qiyinligini hisobga olsak, Turkiya Moskva ambitsiyalarining bartaraf etilishi hamda Kiyev va uning kelajagi asrab qolinishi uchun harakat qiladi.

Ukraina urushining Turkiya bizneslariga ta'siri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:58 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG