Breaking News

Rossiyaning Ukrainadagi urushi Xitoy uchun saboq


Xitoyning J-10 qiruvchi samolyoti
Xitoyning J-10 qiruvchi samolyoti

Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi urushda qilayotgan xatolaridan dars olmoqda. Pekin o'z harbiy strategiyasini yangilamoqda, qolaversa, iqtisodiy sanksiyalarga chidamli tizim bo'lishga bel bog'lagan.

Xitoy unga bo'ysunmaygan Tavyanga bostirib kirishi mumkin degan xavotir bor, ammo siyosiy tahlilchilar endiilikda hukumat bu orol bilan totuvlikda yashashga ko'proq urg'u bermoqda. Tayvanni Pekin tinch yo'l bilan idora etmoqchi.

Ukrainaga G'arbdan harbiy yordam oshar ekan, Rossiya frontda kutilmagan zarbalar yemoqda. Urush sabab qo'yilgan sanksiyalar uning iqtisodini qaqshata boshlagan.

Ayrim ekspertlar taxminicha, Xitoy Tayvanga kirgan taqdirda ham urushni cho'zmaydi. Orolning aloqa tizimi va siyosiy institutlarini qo'lga olsa bas. Tayvan Xitoy sarhadidan 160 kilometr narida.

Tamkang universiteti professori Chen Yi-fan deydiki, bostirib kirishni xohlasa, "Xitoy logistik jihatdan qattiq tayyyorlanishi kerak".

Olim fikricha., Xitoyda buning uchun kuchli mantiqiy asos bo'lishi lozim. "Ilg'or qurollar va kuchli media strategiya ham zarur".

Kiyevda maqsadiga yeta olmagan Rossiya qo'shinlari hozirda Donetsk va Luganskni frontga aylantirmoqda.

Ekspertlar tahlilicha, Rossiya harbiy qudrati aslida u qadar kuchli emas. Federatsiya armiyasiga o'q-dori yetishmayapti.

Rossiya iqtisodi esa sanksiyalar bois bu yil 15 foizga qisqarishi kutiilmoqda.

Tayvan 1940-yillardan beri o'zini mustaqil deb biladi. Pekin esa buni tan olmay, uni o'z yeri deb hisoblaydi.

Tomonlar bir necha bor muzokara qilgan, biroq kelisha olmagan.

Pekin, zarur topilsa, urush ochishi mumkinligi haqida ogohlantirib keladi.

Xitoy oxirgi marta 1979-yilda urush qilgan. Vyetnam ustun kelgan, chunki Pekin uni Kambodjada hukumatni o'zgartirishdan to'xtata olmagan. Xitoyparast rahbariyat qulagan.

Yaqingacha ham Tayvan urushga tayyorlansin deb kelayotgan siyosatdonlar bugun bu ehtimolni yuqori baholamaydi.

“Pekin yuta olmaydigan jangni boshlamaydi, ya'ni kuchli ishonch sohibi bo'lishi kerak", - deya kuzatadi Jeyms Carafano, Vashingtondan konservativ sharhlovchi.

Taypeydan strateg Aleksandr Huang deydiki, Xitoy urush boshlaydigan bo'lsa, Tayvanda hech kim qahramon lider sifatida maydonga chiqishiga yo'l qo'ymaydi.

"Pekinga Tayvanda Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy singari yulduz kerak emas. Zelenskiy tillarda doston va chetdan so'ragan yordamini olayapti", - deydi Huang.

“Xitoy ichkarida rejalayotgan strategiya Tayvanni butkul blokada qilishni maqsad qiladi, toki unga hech kimdan madad kelmasin".

Ayrim harbiy mutaxassislar nigohida Xitoy armiyasi zamonaviy emas. Uning bosqaruvi eski uslubda ishlaydi va bag'oyat byurokratik tizim, deya qayd etadi ekspertlar.

Pekindan tadqiqotchi Tong Jao deydiki, RossiyaG'arb Ukrainaga bu qadar keng ko'lamda ko'mak uzatadi, deb kutmagan.

"Xitoy Tayvanga kim ham madad qo'lini cho'zadi deb keladi. O'zini aldayotgan bo'lishi mumkinligi haqida jiddiy o'ylanib qolgan", - deydi Jao.

Pekin sanksiyalar 3-5 yildan oshiq kuchda bo'lmasligi lozim deb hisoblaydi. U baqaror mamlakatlarda yirik bizneslarga va sarmoyaga ega. Yetakchi ishlab chiqaruvchi va eksportchi.

Xitoy hukumat Tayvanni o'zboshimchalikda ayblab, mojaro chiqarmaslikka chaqirib keladi. Taypeydagi rahbarlar esa Pekinni gegemonlikda ayblaydi.

Siyosatdonlar esa tomonlarga urush haqida aslo o'ylamaslikni maslahat bermoqda. Baribir hech kim yutmaydi, deydi ular.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG