Breaking News

Yevropa Ittifoqi a'zolari Rossiyadan neftni to'xtatish bo'yicha kelisha oladimi?


Transneft Kama mintaqasi, Rossiya, 27-aprel, 2022
Transneft Kama mintaqasi, Rossiya, 27-aprel, 2022

27 davlar a'zo Yevropa Ittifoqi Rossiyadan neft sotib olishni to'xtatadimi yoki uni davom ettiradimi? Blok bu borada kelishishga urinmoqda.

Kelishuv bo'lmasa, deydi rasmiylar, ittifoqda Rossiyaga nisbatan yakdil siyosat bo'lmaydi va Ukrainadagi urushga nisbatan ham munosabat shunga yarasha bo'ladi.

Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy blokdan Rossiya bilan biznes qilmaslikni so'rab kelmoqda. Aks holda, deydi Zelekskiy, Rossiya bosqinchiligi va agressiyasi Ukraina bilan cheklanmaydi.

Rossiya neftini man etish taklifiga dengiz yo'llaridan yiroq Vengriya keskin qarshi.

Budapesht qora oltinning 65 foizini Rossiyaning "Drujba" quvuridan oladi. Quvur Markaziy va Sharqiy Yevropaning turli qismlaridan o'tadi.

Vengriya hukumatiga ko'ra, Rossiya neftiga tobelikdan qutulish uchun unga kamida to'rt yil vaqt kerak.

Budapesht blokdan buning uchun kamida 860 million dollar mablag' so'ramoqda. Neftni qayta ishlash zavodlari yangilanishi lozim, deydi rasmiylar, shuningdek, qo'shnilar bilan infrastruktura isloh qilinishi kerak.

Gamburg, Germaniya, 19-aprel, 2022
Gamburg, Germaniya, 19-aprel, 2022

Slovakiya va Chexiya ham "Drujba' quvuridan neft oladi. Ular ikki yarim yil ichida bu tobelikdan xoli bo'lishga tayyor.

So'nggi muzokaralarda blok a'zolari "Drujba"dan tashqari ta'minot yo'llariga embargo va tankerlardan keltiriladigan neftga sanksiyalar qo'yish borasida gaplashilgan.

"Drujba" orqali keladigan neft Yevropa Rossiyadan oladigan qora oltinning uchdan bir qismiga to'g'ri keladi. Qolgan qismi dengiz yo'llari orqali keladi.

Bu katta murosa, deydi Fransiya diplomatlari. Parij hozirda ittifoqni boshqarmoqda.

Ayni damda blok Ukrainadagi urushni qoralab, Rossiyaga oltinchi bor sanksiyalar qo'yish payida.

Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula von der Leyen
Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula von der Leyen

Dengiz yo'llari orqali ta'minotga embargo qo'yish kelasi olt oy ichida amalga oshirilishi taklif qilingan. Boshqa yonilg'i mahsulotlari esa bir yil ichida taqiqlanishi ko'zlangan.

Rossiya banklariga qo'shimcha cheklovlar va muayyan shaxslarga sanksiyalar qo'yilishi mumkin.

Yevropa tahlilchilariga ko'ra, "Drujba" quvuridan hozircha neft olishda davom etish Rossiyaga qarshi yangi choralar yumshoq bo'lishidan darak, ya'ni boshqa cheklovlarning hammasi joriy etilgan taqdirda ham Kreml uchun jiddiy jazo emas, deydi Tomas Pellerin-Karlin, Jak Delor insituti eksperti.

Yevropa Ittifoqining to'rt organi - Yevropa kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa Ittifoqi kengashi va Yevropa parlamenti Kremlning Ukrainadagi urushni to'xtatishini va unga mablag' kesilishini istaydi.

O'tgan yili blok Rossiyadan 86 milliard dollarga teng neft sotib olgan. Tabiiy gaz savdosidan to'rt baravar ko'proq.

Ittifoqdad murosa qilinsa, bu qaror har bir a'zo hukumat tomonidan ma'qullanishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG