Breaking News

Yevropa Ittifoqi a'zolari Rossiya neftiga qisman embargo bo'yicha kelishdi


Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy Yevropa kengashiga murojaat qilmoqda, Bryussel, 30-may, 2022
Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy Yevropa kengashiga murojaat qilmoqda, Bryussel, 30-may, 2022

30-may kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyadan neft olishni qisman taqiqlash yuzasidan takliflarni ko'rib chiqib, qisman enbargo qilishga rozi bo'ldi. Qaror shuki, Rossiyaga nisbatan sanksiyalaar ham kuchaytiriladi, shuningdek, Ukrainaga yordam oshiriladi.

Embargo Rossiyadan dengiz orqali keladigan neft oqimini to'xtatadi. Quvurlar orqali import esa davom etadi.

Yevropa kengashi prezidenti Charls Mishel deydiki, embargo Rossiyadan olinadigan neftning uchdan ikki qismidan ham oshiq.

Yangi sanksiyalarga blok bo'ylab Rossiya mulklarini muzlatish va muayyan shaxslarni ittifoqqa kiritmaslik ham kiradi.

Rossiyaning eng yirik banki "Sberbank" SWIFT global moliyaviy tizimidan chiqariladi.

Rossiya hukumatining uch teleradiosi ittifoq hududida man etiladi.

"Rossiyaning urush mashinasini to'xtatishni xohlaymiz", - deydi Mishel.

"Hozir ayniqsa juda kuchli turishimiz kerak. Qat'iy va keskin pozitsiyada turmog'imiz zarur".

Sanksiyalarning bu yangi paketi 27 a'zo davlat tomonidan maq'ullanishi lozim.

Ittifoq Ukrainadagi urush sabab Rossiyaga hozirgacha besh marta sanksiya qo'ygan. 1000 dan oshiq shaxs taqiqda, jumladan Rossiya rahbari Vladimir Putin, uning atrofidagi rasmiylar, shuningdek, oligarxlar.

Oltinchi sanksiya paketi may oyi boshida taklif qilingan edi, ammo dengiz yo'llaridan uzoq Vengriya embargoni o'z iqtisodiga misli ko'rilmagan zarar deya ko'rib, qarshi chiqdi.

Blok bora-bora Rossiya neftini mutlaq man etmoqchi. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban mamlakati neft xavfsizligi kafolatmasa va yonilg'i talabi qondirilmasa, sanksiyalarga rozi bo'lmasligi haqida ogohlantirdi. Neftning 60 foizdan ziyodi bu mamlakatda Rossiyadan keladi, xususan Sovet davridan qolgan "Drujba" quvuridan.

Ukraina rahbari Voloimir Zelenskiy Yevropa kengashiga murojaat qilib, Rossiyadan neft olishni davom ettirishni uni qurollantirish bilan tenglashtirdi.

Blok rahbarlariga ko'ra, joriy yil oxirigacha Rossiyadan neft importi 90 foizgacha kamayadi.

Yevropa Ittifoqi tabiiy gazning 40 foizi, neftning esa 25 foizini Rossiyadan sotib oladi.

Zelenskiy fikricha, Rossiya yonilg'isiga yo'q deyish bosqinchi davlatiga nisbatan samarali jazo bo'ladi. Uni urushni to'xtatishga majburlovchi choralar qo'llash kerak, deydi u.

Ukrainaga blok 9,7 milliard dollarlik yordam ko'rsatishga bel bog'lagan.

Ittifoq Ukrainaga bug'doyva boshqa mahsulotlarni eksport qilishda ham yordamlashmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG