Breaking News

AQSh: Saylovdan keyin Xitoyga nisbatan siyosat o’zgaradimi?


Ommaviy so’rovlarga ko’ra, AQShda yaqinlashayotgan saylovda Respublikachilar partiyasi Vakillar palatasida ko’pchilik o’rinni qo’lga kiritishi mumkin. Bu degani, Xitoyga nisbatan keskin siyosat davom etadi.

Xitoy Kommunistik partiyasining 20-syezdida Prezident Si Zinpin AQShni tilga olmadi. Ammo yig’indan xulosa shuki, Vashington-Pekin aloqalari yaqin orada yaxshilanmaydi, jumladan Tayvan masalasida.

“Biz kuch ishlatish huquqidan voz kechmaymiz, barcha zarur choralarni ko’rish imkoniyatini saqlab qolamiz”, - deydi Si.

AQSh-Xitoy: Tobora sovuqlashayotgan aloqalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00

Kompartiya bosh kotibi etib uchinchi muddatga tasdiqlangan Si Zinpin tashqi siyosat “jangovar ruhda” davom etishini ta’kidlamoqda. Bu esa Bayden ma’muriyati bilan ziddiyatlar yanada oshishini anglatadi. Ayniqsa agar respublikachilar noyabrdagi saylovda ko’pchilik o’rinlarni qo’lga kiritsa.

Kevin Makkarti palata spikeri lavozimini egallashi mumkin.

“50 yil bo’libdiki, Xitoy kompartiyasi Amerika turmush tarziga, iqtisodiyotiga, ish joylarimizga, kompaniyalarimizga, madaniyatimiz va kelajagimizga urush e’lon qilgan”, - deydi qonunchi.

AQSh Kongressi Tayvanga Xitoyning ehtimoliy bosqinidan o’zini himoya qila olishi uchun harbiy yordamni oshirish yo’llarini muhokama qilmoqda. Pekin orolni o’z hududining bir qismi deb biladi.

Respublikachilar saylovda yutsa, ta’minot zanjirlarini mustahkamlashni, koronavirus kelib chiqishini qattiqroq tekshirishni va’da qilgan. Prezident Bayden va demokratlar, deydi ular, Xitoyga bas kela olmayapti.

Ammo demokratlar Kongressda ustunligini saqlab qolgan taqdirda ham Xitoy bo’yicha siyosat keskinligicha qolaveradi. Prezident Tramp davrida Xitoy tovarlariga joriy etilgan tariflar bekor qilinmaydi, Hind-Tinch okeanida raqobat davom etadi, deydi tahlilchilar.

“Tramp ma’muiyati davrida Xitoy demokratlarning g’alabasiga chin dildan umid qilgan. Baydenning ikki yillik faoliyatidan so’ng fikrimcha, Pekin tushundiki, demokratlar ham, respublikachilar ham Xitoy bo’yicha siyosatni o’zgartirmaydi. Balki Bayden bilan yanada qiyinroqdir, chunki u Xitoy nufuziga qarshi turish uchun ittifoqchi va hamkor davlatlarni ham jalb qiladi”, - deydi xitoyshunos olima Yun San.

Respublikachilar Vakillar palatasini o’z nazoratiga olgan taqdirda, deydi kuzatuvchilar, AQSh Xitoy bilan strategik raqobat barobarida iqlim o’zgarishi kabi masalalarda bu davlat bilan qanday hamkorlik qilishi savol ostida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG